16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 21:41
Jamiyat 👁 506

KARANTIN QOIDALARIGA AMAL QILINISh HOLATI NAZORAT QILINMOQDA

KARANTIN QOIDALARIGA AMAL QILINISh HOLATI NAZORAT QILINMOQDA

Bugungi kunda butun dunyo aholisi koronavirus pandemiyasi bilan kurashmoqda. Hammaning eʼtibori kasallikdan saqlanish va uyda qolib, uni jilovlashga hissa qoʻshishga qaratilgan. Xoʻsh, shu maqsadda joriy etilgan karantin qoidalariga yurtdoshlarimiz qay tarzda amal qilmoqda?

Afsuski dunyo mamlakatlari qatori Oʻzbekistonda ham keyingi kunlarda koronavirus infektsiyasiga chalinganlar tobora  koʻpayib bormoqda va qurbonlar soni ham oshmoqda. Mavjud holatni eʼtiborga olib, Respublika maxsus komissiyasi 13-iyuldan 1-avgustgacha butun malakatimizda karantin choralarini kuchaytirdi, koʻpgina faoliyat turlari, umumiy ovqatlanish shohobchalari, xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar, buyum bozorlari, jamoat transporti faoliyati toʻxtatildi. Shuningdek, fuqarolarning shaxsiy transport vositalaridan foydalanishlariga ham cheklov oʻrnatildi yaʼni ertalab 7 dan 10 gacha, kechqurun 17 dan 20 gacha ishga borish-kelish zarurati hisobga olingan holda ruxsat etildi.

Fuqarolarga esa jamoat joylariga iloji boricha bormaslik, zaruriyat  yuzasidan koʻchaga chiqqanda tibbiy niqob taqib, qoʻlqop kiyish, sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy amal qilish tavsiya etilib, bu tartibga boʻysunmaganlar oʻrnatilgan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortilishi belgilandi.

Afsuski, tumanimiz hududini kezsangiz – bu qoidalarga baʼzi yurtdoshlarimiz toʻla amal qilmayotganligiga guvoh boʻlasiz. Shuni unutmaslik kerakki, koronavirus infektsiyasidan hech kim butunlay himoyalangan emas, hech kim bu kasallik menga daxl qilmaydi, undan saqlanish borasidagi talablarning menga  aloqasi yoʻq, deya olmaydi. Koʻzga koʻrinmas dushman tobora koʻproq hududlarni qamrab olayotgani hammamizga ayon.

Bu borada tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi, tuman Tibbiyot birlashmasi shifokorlari tinimsiz targʻibot olib borishayapti, Milliy gvardiya, Ichki ishlar boʻlimi xodimlari nazorat  tadbirlarini oʻtkazishayapti. Biroq  karantin talablarini mensimayotganlar hamon uchrab turibdi.

Shu yilning 14-iyul kuni kunduzi va kechki vaqtlarda tuman Ichki ishlar boʻlimi Yoʻl patrul xizmati va Milliy gvardiya xodimlari hamkorlikda tumanimiz hududidagi markaziy koʻchalarda karantin cheklovlariga amal qilinishi yuzasidan nazorat reydini olib bordilar.

Maʼlumki, 2020-yildan 1-avgustgacha oʻrnatilgan karantin cheklovlariga koʻra, maxsus ruxsatnomalar yaʼni stikerlar asosida harakatlanadigan avtotransport vositalari hamda Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 8-iyuldagi  qarori bilan tasdiqlangan Avtotrasnsport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnoma talab etilmaydigan  holatlardan tashqari, barcha avtotransportlar sutkaning maʼlum vaqtidagina  harakatlanishi lozim. Biroq nazorat tadbiri davomida barcha ham  bu talabga boʻysunmayotgani ayon boʻldi.

Xususan, reyd davomida yoʻllarda harakatlanayotgan avtotransport vositalari toʻxtatilib, hujjatlari tekshirilganida avtomashinani hujjatsiz boshqarish, karantin qoidalari buzib, ruxsat etilmagan vaqtda avtotransport vositalarini boshqarish holatlari koʻplab qayd etildi.

Mazkur fuqarolarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi va profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, sutkaning belgilanmagan vaqtida shaxsiy avtomobilini boshqarib borayotgan bir necha shaxslar ogohlantirildi va bu boradagi qoidalar tushuntirildi. Shuni esdan chiqarmaslik lozimki, har qanday nazorat tadbiri barcha yoʻllarni qamrab ololmaydi. Biroq fuqarolarimiz bir narsani esdan tutishi lozimki, karantin qoidalariga amal qilish – har kimning oʻzi uchun, oʻz oila aʼzolari, yaqinlari koronavirusga chalinishining oldini olishi uchun zarur.

Shuning uchun barchamiz bu qoidalarga birdek boʻysunib, ayovsiz dushman – koronavirusni birgalikda yengishga intilmogʻimiz lozim.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026