ODIL SUDLOVNI TAʼMINLAShGA HAPAKAT QILAMIZ
Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2020-yil 30-iyun kuni oʻtkazilgan odil sudlovni taʼminlash va korruptsiyaga qarshi kurashish borasidagi vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizdagi sudlar faoliyati tanqid ostiga olindi hamda yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar xususida soʻz yuritildi.
Yigʻilishda 2018-2019-yillarda birinchi instansiya sudlarida jami 192 ta jinoyat ishi boʻyicha 307 nafar shaxs oqlangan boʻlsada, hech qaysi holatda prokuror ayblovdan voz kechmaganligi sababli tergov jarayonlaridagi xatolar sud majlisida aniqlansa, prokuror sudning tugashini kutib oʻtirmasdan oʻz tashabbusi bilan ayblovdan voz kechadigan tartib joriy etilishi lozimligi taʼkidlandi.
Shuningdek, 2019-yilda iqtisodiy sudlarda apelyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida koʻrilgan ishlarning 2,5 mingdan ortigʻi, yaʼni 44 foizi bekor qilingan yoki oʻzgartirilgani, bu har ikki shikoyatdan biri boʻyicha tuman va viloyat iqtisodiy sudi chiqargan qarorlar yuqori sudda oʻzgarayotgani, tadbirkor va investorlar sarson boʻlayotgani qayd etib oʻtildi. Yigʻilishda mutasaddilarga ilgʻor tajribalar va xalqaro standartlar asosida sud tizimini “bir sud – bir instansiya” tamoyili asosida qayta koʻrib chiqish topshirigʻi berildi.
Qolaversa, davlatimiz rahbari sudlar chiqarayotgan qarorlar faqat sud majlisida tekshirilgan dalillarga asoslanishi lozimligini taʼkidlab, ayrim sudyalar tergov materiallariga bogʻlanib qolgani, bu esa qonun, sud va davlat obroʻsiga putur yetkazishini, odil sudlov xalqning koʻz oʻngida, ochiq-oshkora amalga oshirilib, adolat qaror topishi lozimligini taʼkidladi. Bildirilgan buningdek fikrlar va odil sudlovni taʼminlashga doir vazifalar bizni ham oʻz faoliyatimizni tanqidiy tahlil qilib koʻrishga undamoqda va davr talabiga monand ishlashga daʼvat etadi.
S.DAVLETMUPATOV, jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi raisi.
U.SABIPOV, tuman iqtisodiy sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶