KASABA UYuŞMASIDA HISOBOT-SAYLOV KONFERENTsIYaSI BÖLIB ÖTDI
3-iyul kuni tuman hokimligining majlislar zalida Özbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyuşmasi Amudaryo tuman Kengaşining hisobot - saylov konferentsiyasi bölib ötdi.
Konferentsiyada Özbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyuşmasi Markaziy Kengaşining Qoraqalpoğiston Respublikasi böyiça masʼul taşkilotçisi Raxmon Madreimov, kasaba uyuşmasining Nukus şahar Kengaşi raisi Muslima Atamuratova hamda tumandagi boşlanğiç taşkilotlardan saylangan delegatlar, Xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdilar. Konferentsiya işini tuman hokimligi taşkiliy-nazorat guruhi rahbari Ğulomjon Duysenboyev oçdi hamda olib bordi.
Konferentsiya kun tartibida qator masalalar yuzasidan tegişli mutasaddilarning hisobotlari tinglanib, muhokama qilindi. Xususan, kun tartibidagi Özbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyuşmasi Amudaryo tuman Kengaşining 2015-yil maydan 2020-yil iyulgaça bölgan davr mobaynidagi faoliyati yakunlari töğrisidagi masala yuzasidan taşkilotning tuman Kengaşi raisi Azat Almuratovning hisoboti tinglandi.
Hisobotda taʼkidlanganidek, şu davr oraliğida tumanda bandlik, mehnat munosabatlari, mehnatga haq tölaş, adolatli mehnat şaroitlarini yaratiş, mehnatni muhofaza qiliş va ijtimoiy kafolatlarga rioya qiliş masalalarida xodimlarning yakka va jamoaviy ijtimoiy-mehnat huquqlarini ifoda etiş va himoya qiliş borasida bir qança ijobiy işlar amalga oşirilgan. Kasaba uyuşmasi tumanda aholi turmuş darajasini oşiriş, iqtisodiyotni yanada yuksaltiriş, fuqarolik jamiyatini şakllantiriş sohasida amalga oşirilgan keng kölamli özgarişlarning amalga oşişiga öz hissasini qöşib kelmoqda.
Maʼlumki, joriy yilning mart oyidan “Kasaba uyuşmalari töğrisida”gi qonun bilan kasaba uyuşmalariga xodimlarning mehnat huquqini himoya qiliş va iş beruvçilar tomonidan mehnat qonunçiligiga rioya etilişi ustidan jamoatçilik nazoratini amalga oşiriş huquqiga ega bölgan mehnat inspektsiyalarini tuziş huquqi berildi. Şu bilan birga kasaba uyuşmalari davlat hokimiyati va boşqaruvi organlaridan mustaqilligi, ular oldida hisobdor emasligi mustahkamlab qöyildi.
Konferentsiya kun tartibidagi Özbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyuşmasi Amudaryo tuman Kengaşi tarkibini hamda Kengaş raisini saylaş töğrisidagi, taftiş komissiyasi tarkibini hamda komissiya raisini saylaş töğrisidagi, qolaversa, Özbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyuşmasi Qoraqalpoğiston Respublikasi raislar Kengaşi konferentsiyasiga delegat saylaş töğrisidagi masalalar muhokama qilinib, tegişli qarorlar qabul qilindi.
Konferentsiya qaroriga muvofiq Özbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyuşmasi Amudaryo tuman Kengaşi raisi lavozimiga mazkur lavozimda şu paytgaça işlab kelayotgan Almuratov Azat Nazarimbetoviç saylandi.
Çindan ham, bugungi kunda mamlakatimizda kasaba uyuşmalari faoliyatini yanada takomillaştiriş borasida keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda. Tizimda imtiyozli yöllanmalar oliş davriyligi 5-yilda bir martadan 2-yilda bir martaga qisqartirilganligi, xodimlar tomonidan yöllanma uçun tölanadigan qisman qiymat miqdori 50 foizdan 45 foizga tuşirilganligi, sanatoriylarga yaqin qarindoşlari uçun ham yöllanmalar oliş kabi imtiyoz joriy etilganligi ham fikrimizning dalilidir.
Kun tartibida muhokama etilgan masalalar xususida konferentsiya iştirokçilari özlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar hamda mutasaddilarga özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶