16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 21:39
Jamiyat 👁 500

SEKTOP PAHBAPINING AMALIY YoPDAMI BILAN 3 KILOMETPLIK YOʻL JOPIY TAʼMIPLANDI

SEKTOP PAHBAPINING AMALIY YoPDAMI BILAN 3 KILOMETPLIK YOʻL JOPIY TAʼMIPLANDI

Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori asosida mamlakatimizning barcha hududlarida tashkil qilingan sektorlar davlat organlarini aholi bilan yaqinlashtirish, jonli muloqotni yoʻlga qoʻyishda muhim vosita boʻlmoqda. Sektorlar rahbarlari tomonidan aholining muammolarini hal qilish borasida qator amaliy ishlar qilinmoqda.

Prezidentimizning 2019-yil 17-yanvardagi “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq hududlarni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalasi yangi bosqichga koʻtarildi. Farmonga muvofiq sektorlar zimmasiga hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish bilan birga aholi murojaatlari bilan ishlash, aholini qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va bataraf etish, uyma-uy yurish orqali xalqqa, tadbirkorlik subʼektlariga yaqin koʻmakchi boʻlish borasida dolzarb vazifalar topshirildi.

Tumanimizda tashkil etilgan toʻrtta sektorlar ham ushbu talablar asosida oʻz faoliyatlarini olib borib, xalqimizning tayanchi, suyanchiga aylandi.

3-sektor rahbari, Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Xudoyberganov aholi bilan oʻtkazgan uchrashuvlarining birida sektor rahbariga mahalla hududidan oʻtuvchi zahkash koʻprigi taʼmirga muhtoj boʻlib qolganligi haqida murojaat kelib tushgan edi. Ushbu murojaat atroflicha oʻrganilib, tegishli tashkilotlar jalb qilindi va qisqa davr ichida 8 metrlik beton koʻprik taʼmirlandi.

Endilikda hudud aholisi va bu yoʻldan oʻtuvchi avtomashina haydovchilari, piyodalar uchun ancha qulaylik yaratildi.

Toryop mahallasi Ulugʻbek Xudoyberganov rahbarlik qilayotgan uchinchi sektor hududidaga kiradi. Sektor rahbari hududlarni uyma-uy yurib aylanib, xalq bilan jonli muloqotlar qilib muammolarni aniqlashga va tezkorlik bilan choralar koʻrib, zimmasidagi maʼsuliyatni ado etishga intiladi. Xususan, 2019-yilda Toryop mahallasida toʻrt marta aholi bilan sayyor qabul oʻtkazdi va uyma-uy yurib muammolarni, aholi turmushidagi kamchiliklarni oʻrgandi.

Ayniqsa, oʻsmirlar, yoshlar bilan uchrashib, ularning yot gʻoyalar taʼsiriga berilmasligi, oʻqib, ilm olishlari va barkamol boʻlib voyaga yetishlari uchun yaratilgan sharoitlar haqida suhbatlashib, kelajagimiz egalarining jamiyatimizga kerakli insonlar boʻlib voyaga yetishishlariga munosib hissa qoʻshmoqda. Jamoat tartibini saqlash, maʼmuriy huquqbuzarliklarning, jinoyatlarning oldini olish borasida olib borilgan targʻibot ishlari natijasida hududda aholi tinchlik-osoyishtaligi taʼminlanmoqda. Koronavirus pandemiyasi tufayli oʻrnatilgan karantin qoidalarini buzish kabi noxush holatlar sodir etilmadi, aholi uyda qolib, hunari, chorvasi, dehqonchiligi tufayli daromad topib, farovon yashashmoqda.

Chindan ham keyingi vaqtlarda Mangʻit-Kuyuk koʻpir yoʻli orqali Xoʻjaovul aholi punktidan oʻtib, Toryop mahallasiga olib boruvchi yoʻlning notekisligidan yoʻlovchilar aziyat chekayotgan, bu boʻyicha sektor rahbariga murojaatlar ham kelib tushgan edi. Yoʻlning 3 kilometrlik qismi sektor rahbari Ulugʻbek Xudoyberganovning amaliy yordami bilan joriy taʼmirlangani uchun hudud aholisi unga minnatdorchilik bildirmoqda. Zarur joylariga mayda tosh toʻkilib, maxsus texnikalar yordamida yoyilgan va zichlangan yoʻlning ushbu qismining holati joriy taʼmirdan keyin avvalgisidan ancha yaxshilandi. Shuni ham aytib oʻtish kerakki, yoʻl taʼmiri ishlarida mahalla yoshlari ham koʻngilli sifatida yordamga kelishdi.

Bir soʻz bilan aytganda, sektorlar aholining turmushi farovonlashuvida, kundalik hayotdagi muammolarining aniqlanishi va bartaraf etilishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Oygul PAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026