25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 19:35
Jamiyat 👁 335

EHTIYoJMAND OILALAPGA QOPAMOL TAPQATILMOQDA

EHTIYoJMAND OILALAPGA QOPAMOL TAPQATILMOQDA

Dunyoning 200 dan ziyod mamlakatini qamrab olgan koronavirus pandemiyasi mazkur hududlarda koʻpgina faoliyat turlarining toʻxtatib qoʻyilishiga, oqibatda esa ishsizlar sonining oʻsishiga, yordamga muhtoj oilalar sonining ortishiga sabab boʻlmoqda. Natijada bugungi kunda koʻpgina davlatlarda kambagʻallikning oshishi, oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligi vujudga kelayapti.

Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash va uning tarqalib ketishining  oldini olish borasida oʻrnatilgan karantin tartib-qoidalariga koʻra mamlakatimizda ham ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish sohalarining koʻpgina turlariga cheklovlar oʻrnatildi. Natijada koʻpgina odamlar topayotgan daromadidan ayrildi, mavsumiy ishlarda ishlovchilar, xorijiy davlatlarda ishlayotgan mehnat migrantlari karantin tufayli uylarida qolishga majbur boʻldilar. Biroq ular eʼtibordan chetda qolgani, muhtoj qilib qoʻyilgani yoʻq. Xususan, aholiga manzilli yordam koʻrsatish maqsadida Mahalla va oilani qoʻllab-quvvtlash vazirligi huzurida Xayriyalarni muvofiqlashtirish markazi tashkil etildi va ehtiyojmand oilalar murojaatlari asosida ularga zarur moddiy yordam berib kelindi.


Shuningdek, muhtaram Yurtboshimizning shu yil 20-aprel kuni “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakatini yoʻlga qoʻyish, vaqtincha ishsiz va yordamga muhtoj oilalarni aniqlab, ularni manzilli asosda oziq-ovqat va zarur hollarda dori-darmon vositalari bilan taʼminlash yuzasidan ilgari surgan tashabbusiga muvofiq, 22-aprelda Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga koʻra, “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi, uning Qoraqalpogʻiston Pespublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, hamda tuman, shahar boʻlinmalari tashkil etilgan, jamgʻarma toʻgʻrisida Nizom tasdiqlangan edi. Bu saʼy-harakatlar natijasida karantin cheklovlari davrida ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlib qolgan koʻp farzandli oilalarga, nogironligi boʻlgan shaxslarga, oʻz daromadini yoʻqotgan vaqtincha ishsiz fuqarolarga moddiy koʻmak berilayapti. Jamgʻarma mablagʻlari esa tadbirkorlarning, saxovatpesha insonlarning xayriyalari hisobiga shakllanmoqda.

Jamiyatimizni harakatlantiruvchi kuch – inson omiliga eʼtibor tobora kuchaytirilayotgan davrda koronavirus pandemiyasi tufayli uch oydan  ziyod vaqtdan beri ishsiz qolib, daromad topolmay, iqtisodiy qiyin vaziyatga tushib qolgan, nogironligi boʻlgan oilalar, yakka-yolgʻiz yashovchi keksalar ijtimoiy himoyasi tobora kuchaytirilmoqda. Bunda “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari maqsadli yoʻnaltirilishi muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tumanimizdagi 49 ta ovul, mahalla fuqarolar yigʻinlaridan kam  taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, sharoiti ogʻir 100 ta oila roʻyxati shakllantirilib, har biriga jamgʻarma mablagʻlari hisobidan 3,5 mln. soʻmlik qoramol sotib olinib, tarqatilmoqda.


Shu yilning 26-iyunigacha ushbu roʻyxati shakllantirilgan 100 ta oilaning 36 tasiga qoramol tarqatildi. Qoramollarni tuman hokimining oʻrinbosari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Alisher Yoʻldoshev, boʻlim masʼul xodimi Bahodir Boltaboyevlar topshirdilar.

Shuningdek, ehtiyojmand, imkoniyati cheklangan  fuqarolar xonadonlari har oyda kundalik roʻzgʻor uchun zarur mahsulotlar bilan ham taʼminlanmoqda. Bu saʼy-harakatlarda yurtdoshlarimizning mustahkam hamjihatligi, bir-birining tashvishiga yelkadoshligi, borini birga baham koʻrishdek azaliy qadriyatlari yana ham yaqqol namoyon boʻlayotir.

Pandemiya jilovlansa, bu sinovli kunlar ham, albatta, oʻtib ketadi. Biroq ana shunday ogʻir damlarda xalqimizning bir-biriga koʻrsatgan mehr-oqibati, odamgarchiligi va gʻamxoʻrligi unutilmaydi, mamlakatimiz tarixida oʻchmas sahifa boʻlib qoladi.


Oygul PAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026