OʻTGAN UCh OYNING HIKMATLI XULOSALAPI…
Karantin davri voqealari sababli boʻlsa kerak, shu uch oy davomida koʻp oʻylanadigan boʻlib qoldim. Pandemiya bilan kurashayotgan bir paytda Buxoroga kuchli shamol kirib kelishi, Sardobada toʻgʻon buzilishi, qoʻshni va xorijiy mamlakatlardagi vaziyatlar... odamga taʼsir koʻrsatmay qolmas ekan.
Posti, oʻzimni ancha ulgʻaygandek his qildim. Endi tarixning mangu sahifalariga urush davri qahramonliklari qatorida ayni kunlardagi xalqimizning jasoratlari ham yoziladi. Odamlardan insof koʻtarilganligi haqiqatdan uzoq ekan. Qarang, koʻp millatli xalqimiz bir insonga aylandi. Oʻzbekiston insonparvar ekanligini yangi asrda buyuk ishlari bilan yana bir bor isbotladi.
Bir kun kutilmaganda bolalarim soʻrashdi: biz nega uydamiz, maktabga bormayapmiz, tojdor virus nima? Ular ham doimiy hayotlarini sogʻinishgan. Gohida zerikarli tuyulguvchi sinfxonalarining qadrini sezgan boʻlsalar kerak. Imkon qadar savollariga oddiy tilda tushunarli javob berishga harakat qildim. Hozirgi bolalar aldanishmaydi. Umuman, aldashning oʻzi xato. Fan-texnika, axborot asri yoshlari har ishning sababini bilishni istashadi. Farzandlarimning befarq emasliklaridan quvondim.
Bu davr ichida ixchamgina oilaviy kutubxonamizdagi ajoyib kitoblar dunyosiga sayr qildik. Farzandlarim bilan birgalikda oʻqib oʻrgandik. Ilmiy kitoblar, entsiklopediyalar, badiiy adabiyot eng yaqin doʻstlarimdan biri. Bu javohirlar onlayn darslarni oʻtishimda ancha yordam berdi.
Tomorqamizga ham har yilgidan koʻproq ishlov berdik. Tuproqqa berilgan mehr yashilliklar bilan koʻrinarkan. Ayni kunlarda pomidor, bodring kabi ekinlarimizning ilk hosilidan bahramand boʻlyapmiz. Qovunlarimiz hosil tuga boshladi. Atirgul, naʼmatak kabi gullarning chiroyi koʻzimizni quvnatadi. Bu goʻzalliklar hammasi mehnatlarimiz mahsulidir.
Yaratgan Egam sinovlari ila koʻp hikmatlarini anglatyapti...
Har birimiz uyda qolib, sinovli kunlar ortda qolishini sabr bilan kutaylik!
Dilnura Boboniyozova,
36-sonli maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶