Ötgan öquv yilida ham yangi marralar zabt etildi
Yurt taraqqiyoti, avvalo, bilimli va maʼnaviy yetuk avlodni voyaga yetkazişga boğliq. Taʼlim sifati qaysi hududda yuqori bölsa, öşa joyning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivoji ham şunçalik barqaror böladi. Bugungi kunda mamlakatimiz taʼlim tizimida amalga oşirilayotgan islohotlar har bir hududda öz samarasini bermoqda. Amudaryo tumanida ham 2024–2025 öquv yilida qayd etilgan natijalar bunga yaqqol misol böla oladi.
Joriy öquv yilida tumanimizdagi umumtaʼlim maktablarini 3480 nafar öquvçi-yoşlar tamomlamoqdalar. Ularning 29 nafari oltin va 7 nafari kumuş medallar sohib va sohibalari bölişdi. 24-may kuni tumanimizdagi barça umumtaʼlim maktablarida “Ilm – eng buyuk şaraf!” şiori ostida “Sönggi qönğiroq” tadbirlarini ötkazildi. Tadbirlarda namunaviy xulqli va aʼlo baholarga öqigan iqtidorli öquvçilar rağbatlantirilib, ularning ota-onalariga “Minnatdorçilik xat”lari topşirildi.
Bu öquv yili ham yutuqlarga boy böldi. Jumladan, 40-sonli maktab jamoasi “Çet tillarini öqitiş böyiça eng yaxşi maktab” tanlovining II bosqiçida 2-örinni egallab, 200 mln söm pul mukofotiga sazovor böldi. Bu muvaffaqiyatda ingliz tili fani öqituvçilari N.Jumaniyazov va S.Karimova katta hissa qöşdi.
“Qoraqalpoğiston ustozi” tanlovida ham 40-sonli maktabning 6 nafar öqituvçisi respublika bosqiçida 1-örinni egallab, maktab nufuzini yanada yuksaltirişdi. Ayniqsa, matematika fani öqituvçisi Şerzod Aşirov va fizika fani öqituvçisi Sarvar Yaxşimov ğoliblik bilan birga Turkiya davlatiga sayohat qiliş imkoniyatini qölga kiritdi.
36-sonli maktabning fizika fani öqituvçisi Xuşnud Çarşamov fizika fani öqituvçilari örtasida ötkazilgan olimpiadaning Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida II örin sohibi böldi. 30-sonli maktabning oliy toifali ingliz tili fani öqituvçisi Farida Şamsutdinova 8 ballik S1 darajadagi xalqaro sertifikatni qölga kiritdi. Şuningdek, 40-sonli maktabning özbek tili va adabiyoti fani öqituvçisi Iqboloy Yusupova “Yilning eng yaxşi özbek tili fani öqituvçisi” körik-tanlovining Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida I örinni, Özbekiston Respublikasi bosqiçida esa III örinni egalladi.
Joriy yil 2-may kuni ötkazilgan Qoraqalpoq davlat universiteti "Rektor kubogi" olimpiadasida 40-sonli maktabning 11-sinf öquvçisi Barçinoy Xudoybergenova fizika fanidan II örinni, 36-sonli maktabning 11-sinf öquvçisi Alibek Bobojonov esa kimyo fanidan II örinni qölga kiritib, Qoraqalpoq davlat universitetiga muddatidan oldin talabalikka qabul qilindi. Barçinoy Xudoybergenova MAAB akademiyasidan 35 mln sömlik vauçerga ham ega böldi.
Olimpiadalardagi umumiy natijaga köra, Amudaryo tumani 8 ta sovrinli örin bilan Qoraqalpoğistondagi 17 ta tuman orasida, Törtköl, Nukus va Qönğirot tumanlaridan keyin, jamoaviy 4-örinni egalladi.
Eʼtiborli yutuqlardan yana biri — Jasurbek Umarovning Garvard universitetiga töliq grant asosida (360 ming AQŞ dollari) öqişga qabul qilinişi böldi. U 9-sinfgaça tumanimizdagi 32-sonli maktabda öqigan, keyin esa Toşkent şahridagi “Sodiq School”da öqişini davom ettirgan.
Şuningdek, 148 nafar öquvçi ingliz tili fanidan V2 darajadagi milliy va xalqaro sertifikatni qölga kiritdi. Jumladan, 15-sonli maktabning 10-sinf öquvçisi Eleonora Erkaboyeva, 32-sonli maktabning 11-sinf öquvçisi Mirjamol Sultamuratov, 40-sonli maktabning 10-sinf öquvçilari Umidaxon Xudoybergenova, Ozoda Nurullayeva, Oğabek Jörayev, 56-sonli maktabning 9-sinf öquvçisi Neʼmatjon Madrahimov, 10-sinf öquvçisi Farida Tursunboyeva, 76-sonli maktabning 10-sinf öquvçisi Şohrux Baxtiyorov, 11-sinf öquvçisi Azimjon Bekporatovlar 6,5 – 7,5 ballik milliy va xalqaro darajadagi S1 sertifikatini qölga kiritdilar.
Taʼlim tizimidagi yangilanişlar va loyihalar yoş avlodning salohiyatini rivojlantirişda muhim ahamiyatga ega. 40-sonli maktabda “Döstlik maktablari” loyihasi doirasida ötkazilgan festivalda ham tumanimiz maktablarida yaratilgan şaroitlar, taʼlim jarayoni va öquvçilar yutuqlari namoyiş etildi. 15-sonli maktabda esa xalqaro PISA 2025 baholaş tadqiqoti ötkazilib, tumanimizning 15 yoşli öquvçilari ham uşbu sinovda iştirok etdi. Mazkur tadqiqot Qoraqalpoğiston Respublikasi böyiça 730 ta maktab orasidan qurʼa taşlaş yöli bilan tanlab olingan 11 ta maktabda ötkazildi.
Tahlillar şuni körsatadiki, 22-, 36- va 40-sonli maktablar taʼlim, ijtimoiy faollik va ijodiy salohiyatda peşqadamlar sirasida. Ayniqsa, 40-sonli maktab jamoasining yutuqlari alohida eʼtirofga loyiq.
Tuman maktablarida ötkazilgan körgazma, debat, tanlov va olimpiadalar taʼlim jarayonini yanada boyitib, öquvçilarda ijodiy fikrlaş, jamoaviylik, milliy qadriyatlarga hurmat tuyğusini şakllantirdi.
Şuni alohida taʼkidlaş joizki, 2024–2025 öquv yili Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi uçun mazmunli va muvaffaqiyatli yil böldi. Bu yutuqlarda fidoyi ustozlar, bilimga çanqoq öquvçilar, mehribon ota-onalar va jamoatçilikning hamjihatlikdagi saʼy-harakatlari mujassam.
Mamlakatimizda yaratilayotgan taʼlim muhiti – ertangi barkamol, raqobatbardoş va yurt ravnaqiga munosib hissa qöşuvçi avlod uçun mustahkam poydevordir.
Yalğaş Şomurodov, tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶