Sud tomonidan 5 nafar shaxsga maʼmuriy nazorat oʻrnatildi
Maʼmuriy nazorat – jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshab chiqqan shaxslar orasida ichki ishlar organlari tomonidan olib boriladigan tarbiyaviy oldini olish taʼsir choralari boʻlib, nazorat ostidagilarga qonunda koʻzda tutilgan cheklashlarni qoʻllashlardan iborat. Maʼmuriy nazoratning asosiy maqsadi – ilgari sudlanganlar tomonidan takroran jinoyatlar sodir etilishini oldini olish va ularda ijobiy dunyoqarashni shakllantirishdan iboratdir.
18-iyun kuni Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudining majlislar zalida “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan maʼmuriy nazorat oʻrnatish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq muqaddam ogʻir va oʻta ogʻir jinoyat sodir qilgan, jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshab chiqqan 5 nafar shaxslarga doir ish koʻrildi. Unda Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi raisi S.Davletmurodov, sudya yordamchisi E.Jumaniyozov, tuman prokurorining yordamchisi S.Yormuhammedov, tuman IIB masʼullari va profilaktika inspektorlari ishtirok etdi va ushbu shaxslar ustidan qonunga koʻra maʼmuriy nazorat oʻrnatildi.
Ushbu shaxslarga qayta jinoyat sodir qilinishining oldini olish maqsadida yakka tartibda profilaktik suhbatlar oʻtkazib borilishi, maʼmuriy nazorat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻlishi toʻgʻrisida tushuntirildi.
Orifjon Qosimov, tuman IIB HPB boshligʻi, mayor.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶