15.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.10.2026, 23:51
Jamiyat 👁 434

XALQQA KOʻMAKChI BOʻLAYoTGAN FAOL DEPUTAT

XALQQA KOʻMAKChI BOʻLAYoTGAN FAOL DEPUTAT

Elimizdagi taniqli shifokor, “IFTIXOR DENT” xususiy klinikasi rahbari Adilboy Yusupov 2014-yilda boʻlib oʻtgan saylovlarda 25-Toʻlqin saylov okrugidan, 2019-yil dekabr oyida boʻlib oʻtgan saylovlarda esa 28-Daryo boʻyi saylov okrugidan Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatligiga saylanganidan soʻng, xayrli ishlarni yanada koʻproq amalga oshirib, aholining dard-u tashvishini, muammolarini hal etishga koʻmaklasha boshladi.
Darhaqiqat, har bir deputat faoliyatining asosiy yoʻnalishi saylovchilar bilan ishlashish hamda odamlarning turmush tarzi yaxshilanishiga, mavjud kamchiliklarni bartaraf etishda yordam koʻrsatishdir. Adilboy Yusupov ham shu maqsadda oʻzining deputatlik vakolati doirasida shaxsiy ish rejasini ishlab chiqib, mazkur ish rejaning bandlarida belgilangan vazifalarni toʻliq bajarmoqda.   Faol deputat  partiyaning “Uyma-uy” loyihasi doirasida olib borayotgan amaliy saʼyi-harakatlari natijasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taʼminlangan oila vakillaridan jami 25 nafariga oʻzining homiylik yordamlarini koʻrsatdi.
Koronavirus pandemiyasi sababli joriy etilgan karantin davrida Adilboy Yusupov oʻz saylov okrugidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj 30 ta xonadonga homiylik qilib, tibbiy niqoblar va oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatdi. Shuningdek, tumanda yashovchi 5 ta kam taʼminlangan oilani otaliqqa olib, oʻtgan davr mobaynida ularni 2,5 mln. soʻmlik 10 xil turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminladi. Bu oilalarga yana 2 oy davomida uzluksiz homiylik yordamlari bilan koʻmak berishni oʻz zimmasiga olgan deputat muntazam ravishda ularning holidan xabar olmoqda va karantindan qiyinchiliksiz oʻtib olishlariga yordamlashmoqda.


Oʻtgan davr mobaynida Adilboy Yusupov saylovchilar bilan oʻtkazilgan uchrashuvlar davomida aholi tomonidan bildirilgan taklif va istaklari asosida oʻrganishlar olib bordi. Oʻz joyida tegishli masʼul tashkilotlar rahbarlari koʻmagida ijrosini  taʼminlash choralarini koʻrib,  mavjud muammolarni tegishli tashkilotlarga 3 ta deputatlik soʻrovi orqali murojaat etdi va hal qilinishga koʻmaklashdi. Shuningdek, qonun va hukumat qarorlarining joylardagi ijrosi boʻyicha deputatlik nazoratini amalga oshirish hamda mavjud muammolar, yaʼni kommunal masalalarda, tabiiy gaz, toza ichimlik suvi, yoʻl qurilishi, asfalt yotqizish, maktab, bogʻcha va aholi yashash joylarini obodonlashtirish hamda boshqa masalalarning hal etilib, aholining turmush tarzi farovonlashishiga munosib hissa qoʻshishga harakat qildi.
U oʻz saylov okrugidagi fuqarolarning murojaatlarni koʻrib chiqishda, hududning rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgan muammolarni bartaraf qilishda, fuqarolarning buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarini tiklashda deputatlik nazoratidan keng foydalanib, amaliy natijalarga erishib kelmoqda. Shuningdek, u Xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi aʼzosi sifatida doimiy komissiya majlislarida, tuman kengashi sessiyalarida koʻrilayotgan masalalar yuzasidan oʻzining fikr-mulohazalari bilan faol ishtirok etib, ularning yechimi topilishiga oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda.


Koʻp yillar davomida tuman stomatologiya poliklinikasida shifokor boʻlgan Adilboy Yusupov ayni paytda oʻzi rahbarlik qilayotgan “IFTIXOR DENT” klinkasini yanada kengaytirib, yangi ish oʻrinlarini yaratdi. Zamonaviy stomatologik jihozlar va tibbiy texnikalar keltirib, xizmat koʻrsatish sifatini yaxshiladi.  U sohani rivojlantirish, tuman tibbiyotiga yangiliklarni tatbiq etish maqsadida qator chet davlatlarda boʻlib, malakasini oshirishga ham alohida eʼtibor qaratdi. Ayni paytda 12 nafar tibbiyot xodimi ish bilan band qilingan klinikada 8 ta zamonaviy stomatologik apparatura mavjud. U yerda koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatdan foydalanayotgan tumanimiz aholisi juda mamnun.
Malakali shifokor, ishbilarmon tadbirkor va faol deputatning xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib baholandi. U 2016-yilda mustaqilligimizning 25 yilligi munosabati bilan koʻkrak nishon hamda 2018-yilda Xalq deputatlari tuman Kengashining “Xalqparvar deputat” sertifikati bilan taqdirlandi.

Elini chin dildan sevgan insonni xalq ham hurmat qiladi. Bunday fidoyilar har ovulda, har mahallada topiladi. Yurtning yanada farovon boʻlishida, aholining turmush tarzi yaxshilanishida ana shunday faol deputatlarning ham munosib hissalari bor.

 Ozoda XUDOYBERGANOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026