15.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.10.2026, 23:34
Jamiyat 👁 239

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bolajonlarga bayram sovgʻalari ulashildi

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bolajonlarga bayram sovgʻalari ulashildi

Yurtimizda 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni har yili keng nishonlanib kelinadi. Bugungi kunda bolalarni himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan. Farzandlarimizni har tomonlama sogʻlom, baxtiyor oʻsib-ulgʻayishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Ularning kelgusida komil inson boʻlib yetishishlari uchun sifatli taʼlim-tarbiya olishlariga katta eʼtibor qaratilmoqda.

Har yili ushbu bayram kunlari arafasida ertamiz kelajagi boʻlgan bolajonlarimiz uchun istirohat bogʻlari, xiyobonlarda, bolalar maydonchalarida turli xil bayram tantanalari tashkil qilinib, ularga sovgʻalar ulashiladi. Bayramni karantin sababli har safargidek nishonlash imkoni boʻlmadi. Shunday boʻlsa-da, tumanimizning saxovatli tadbirkorlari 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida jajji farzandlarimizni tabriklab, sovgʻalar bilan xursand qilishdi.

Xususan, tumanimizda bugungi kunda samarali faoliyat olib borayotgan “Mangʻit-milk” oilaviy korxonasi, tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi hamda “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi tuman boʻlimi birgalikda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tumandagi kam taʼminlangan ehtiyojmand oilalar farzandlariga bayram sovgʻalari ulashdilar. Mutasaddilar tumandagi 13 ta mahallalarning har birida toʻrttadan ehtiyojmand oila farzandlariga sovgʻa qutilariga qadoqlangan sut mahsulotlarini tarqatdilar. “Mangʻit-milk” oilaviy korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan turli xildagi sut mahsulotlari bolajonlar uchun haqiqiy bayram sovgʻasi boʻldi.

Taʼkidlash kerakki, bugungi kunda tumanimizda tadbirkorlik faoliyatiga qaratilayotgan eʼtibor, tadbirkorlik bilan shugʻullanish uchun yaratilayotgan imkoniyat va shart-sharoitlardan oqilona foydalanib, oʻzining yangi loyihalari bilan tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan yoshlarimiz talaygina. 2018-yilda shunday tashabbuskor yoshlarimizdan Nazokat Ollaberganovaning yangi tadbirkorlik loyihasi uchun “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi tuman boʻlimi tomonidan 200 mln. kredit mablagʻi ajratilib, sut mahsulotlatlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Mangʻit-milk” oilaviy korxonasi tashkil qilindi. Oilaviy korxona tomonidan 10 ta yangi ish oʻrni yaratilib, yoshlar bandligi taʼminlandi.

Tumandagi kichik sanoat zonasida tashkil qilingan “Mang’it-milk” sutni qayta ishlash korxonasida hozir 8 turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Oilaviy korxona yangi zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan boʻlib, bir smenada 1 tonna sutni qayta ishlash quvvatiga ega. Tuman ichki bozorini, shuningdek, shartnoma asosida tumandagi MTTlarni pasterlangan sut, kefir, smetana, qaymoq, tvorog, ayron, yogurt, suzma, chakki, qatiq mahsulotlari bilan taʼminlaydi. Korxona sutni asosan aholidan qabul qiladi hamda qayta ishlaydi. Shuningdek, “Mang’it-milk” oilaviy korxonasida kelgusida konditer mahsulotlari va muzqaymoq mahsulotlarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilib, yana 15 nafar yoshlarni ish bilan taʼminlash rejalashtirilmoqda.

Bayram kunlarida oilaviy korxona tomonidan amalga oshirilgan xayr-saxovatdan nafaqat bolajonlar, balki ota-onalar ham juda xursand boʻldi. Ular mutasaddilarga oʻzlarining samimiy minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Aytish joizki, bugungi kunda oʻsib kelayotgan yosh avlodni himoya qilish zamirida hayotni, uning davomiyligini asrab-avaylash mohiyati yotadi. Kelajak avlodning maʼnaviy barkamol avlod boʻlib shakllanishidagi har qanday gʻamxoʻrlik esa yurt ravnaqi uchun qoʻyilayotgan mustahkam poydevor demakdir.

Bugun ertamiz egalariga koʻrsatilayotgan eʼtibor kelajakda ularning Vataniga sadoqatli, jismonan va maʼnan barkamol boʻlib yetishishida muhim omil hisoblanadi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026