KAPANTIN DAVPIDA BOLAJONLAP VAQTLAPINI MAZMUNLI OʻTKAZIShMOQDA
Karantin davrida MTT tarbiyalanuvchilarining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ularning taʼlim-tarbiya jarayonidan uzilib qolmasliklari uchun Oʻzbekiston Pespublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Milliy teleradiokompaniya yordamida ota-onalarga maktabgacha taʼlim yoshdagi bolalarga tizimli, foydali va rivojlantiruvchi taʼlim berishda uslubiy yordam sifatida “Onlayn bolalar bogʻchasi” dasturini ishlab chiqdi.
Ushbu dastur asosida tuman maktabgacha taʼlim boʻlimi tomonidan samarali ishlar qilinmoqda. Farzandlarimizning uzluksiz taʼlim-tarbiya olishlari uchun tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Tuman Maktabgacha taʼlim boʻlimiga qarashli maktabgacha taʼlim tashkilotlarida karantin tartiblariga amal qilgan holda taʼlim-tarbiya ishlarini yoʻlga qoʻyishga astoydil kirishildi. Hozirgi davr talabidan kelib chiqib, tarbiyachilar kunlik reja asosida onlayn mashgʻulotlar oʻtmoqdalar. Bunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalanilmoqda. Tashkilot tarbiyachilari onlayn mashgʻulotlar davomida tarbiyalanuvchilar va ularning ota-onalariga kundalik, haftalik ish rejasi mavzulariga oid, video-lavhalar, taqdimotlar orqali mashgʻulotlar tashkil qilib, vazifalar berib kelmoqda. Kichkintoylar mashgʻulotlarni qay darajada oʻzlashtirganini baholashda ota-onalarning fikrlari ham hisobga olinmoqda.
Shuningdek, maktabgacha taʼlim tashkiloti hamshiralari ham ota-onalar bilan muntazam ravishda aloqada boʻlib, farzandlarining sogʻligidan boxabar boʻlib turishibdi.
Tuman maktabgacha taʼlim boʻlimi masʼul xodimlari tomonidan tashkilot tarbiyachilarining onlayn mashgʻulotlari nazoratga olinib, mashgʻulotlar sifatini oshirish uchun zarur metodik tavsiya va takliflar berilmoqda.
“Ilk qadam” davlat dasturi negizida quvnoq qahramonlar ishtirokidagi ertalabki badantarbiya mashqlari, interfaol oʻyin shaklidagi ingliz tili mashgʻuloti, mental arifmetika va matematik hisob asoslari, yosh sayyoh (mitti doʻstlarimiz uchun Oʻzbekistonning qadimgi shaharlari haqida koʻrsatuvlar toʻplami), mitti yordamchi (oshxona taomlari tayyorlash boʻyicha mahorat darslari), logoped bilan mashgʻulotlar oʻtkazilmoqda.
Shuningdek, “Aqlvoy” dasturida esa MTT pedagoglari va milliy qahramonlar ishtirokidagi bolalar taʼlim koʻrsatuvlari, mahorat darslari, uy sharoitlarida amaliy tajribalar toʻgʻrisida 20-25 daqiqalik videolavhalar berib borilmoqda. Mashgʻulotlarda berilayotgan vazifalarning bajarilishini nazorat qilishda tarbiyachilar va ota-onalar oʻrtasida hamkorlik oʻrnatilgan.
Saida Sodiqova,
tuman Maktabgacha taʼlim boʻlimi mudirasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶