SUDDA 4 NAFAP MAHKUM MUDDATIDAN AVVAL OZOD ETILDI
Mamlakatimizda vaqtinchalik karantin qoidalari joriy etilgan shu kunlarda ham joylarda mahkumlarga nisbatan xalqimizga xos insonparvarlik tamoyillari qoʻllanilmoqda. Ayni paytda yurtimizda jinoyat ishlarini koʻrish toʻxtatilgan boʻlsa-da, Oʻzbekiston Pespublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasi asosida jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etish yuzasidan ichki ishlar organlari probatsiya guruhlari tomonidan kiritilayotgan taqdimnomalar tezkorlik bilan koʻrib chiqilmoqda.
28-may kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Xoʻjayli tuman sudining majlislar zalida ochiq sayyor sud boʻlib oʻtdi. Unda Jinoyat ishlari boʻyicha Xoʻjayli tuman sudi raisi I.Allaniyazov, Xoʻjayli tuman prokurorining katta yordamchisi B.Abillayeva hamda Amudaryo tumani ichki ishlar organlari Probatsiya guruhi katta inspektori, mayor I.Jabborberganovlar qatnashishdi.
Sud majlisida Amudaryo tumani ichki ishlar organlari Probatsiya guruhi nazoratidagi 4 nafar mahkumni Oʻzbekiston Pespublikasi JKning 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari shartli ozod qilish haqidagi ish Probatsiya guruhi taqdimnomasiga muvofiq koʻrib chiqildi.
Oʻzbekiston Pespublikasi JKning 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan 2-yil muddatga 10% axloq tuzatish ishlari jazosi, 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan 8-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish, 266-moddasi 2-qismi bilan 3-yil muddatga 20% axloq tuzatish ishlari, 104-moddasi 2-qismi “ye” bandi bilan 5-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan ushbu mahkumlar qilgan qilmishidan pushaymon boʻlib, toʻgʻri xulosa chiqarganligi boʻyicha probatsiya guruhi tomonidan sudga taqdimnoma kiritildi.
Sud majlisida ular oʻrnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda boʻlganligi sababli oʻtalmagan jazo muddatidan Oʻzbekiston Pespublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.
I.Jabborberganov,
tumani IIO Probatsiya guruhi
katta inspektori, mayor.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶