TUMANIMIZ MAKTABLARIDA ÖQUV YILI YaKUNLANMOQDA, YaKUNIY DAVLAT IMTIHONLARI ÖTKAZILMAYDI
Butun Respublikamizda kabi tumanimiz umumtaʼlim maktablarida ham 2019-2020 öquv yilida aprel-may oylarida öquvçilar öz uylarida turib, teledarslar orqali öqişini yakunlaşmoqda. Öquvçilarning teledarslar böyiça olgan bilimlari fan öqituvçilari tomonidan internet tarmoği, ijtimoiy tarmoqlar, telefon orqali baholab borildi. Maktab taʼlimi jarayoniga internet tarmoğining kirib kelişi yana ham tezlaşdi.
Joriy yilning may oyidan boşlab tumandagi 40-sonli umumtaʼlim maktabi öquvçilar davomatini va bilimini elektron qayd qiliş tizimi, kundalik.kom dasturida işlay boşladi. Bunda barça fan öqituvçilari, öquvçilar va ota-onalarga kundalik.kom tizimida maxsus login parollar orqali darslar, uy vazifalari, öquvçilar javoblarini baholaş, kuzatiş va nazorat qiliş imkoni paydo böldi. Yangi 2020-2021 öquv yilidan boşlab 40-sonli umumtaʼlim maktabida darslar jadvali, davomat, baholaş, jurnal yuritiş işlari töliq tarzda elektron tizimga ötadi.
Tuman Xalq taʼlimi tizimidagi umumtaʼlim maktablarini 2020-yilda 3157 nafar 11-sinf bitiruvçilari tamomlaydi. 9-sinflarni esa 3016 nafar öquvçi tugatmoqda.
Yakuniy davlat imtihonlari ötkazilmagan holda ham 2019-2021-yildagi 1-, 2-, 3-çorak baholari asosida öquvçilar sinfdan-sinfga köçirilib, bitiruvçilarga attestat (şahodatnoma) beriladi. Hozirgi vaziyatdan kelib çiqib, 2019-2020 öquv yilidagi umumiy örta taʼlim muassasalari bitiruvçilariga davlat namunasidagi attestat (şahodatnoma)larni elektron şaklda (skaner) bitiruvçilarga yetkaziladi.
Attestat (şahodatnoma) blankalari respublikamizda karantin muddati tugagunga qadar taʼlim muassasalarida saqlanadi. Karantin davri yakunlanganidan söng ular öz egalariga topşiriladi.
Umumtaʼlim maktablari 11-sinf bitiruvçilari oliy taʼlim muassasalariga abitur.dtm.uz sayti orqali hujjatlarni qöl telefon orqali topşiriş repetitsiyasi olib borilmoqda. Bunda öquvçilar uyida turib qöl telefoni orqali hujjat topşiriş imkoniga ega.
Mamlakatimizda koronavirus infektsiyasi tarqalişining oldini oliş va jilovlaş maqsadida joriy qilingan karantin tartib-qoidalariga köra umumtaʼlim maktablari öquvçilari maktabga bormasdan masofadan turib öqitilgani – bu taʼlim-tarbiya susayişiga olib kelmaydi, aksinça, öquvçi yoşlar zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalarni puxta egalladilar, ulardan foydalaniş könikmasiga ega böldilar.
Bu sinovli kunlar ham ötib ketadi. Yangi 2020-2021 öquv yilini öquvçilar jonajon maktablarida, döstlari bilan öz sinflarida davom ettirişiga umid qilib qolamiz.
Rahmatilla MATQURBONOV, tuman Xalq taʼlimi bölimi mudiri örinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶