16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 02:42
Jamiyat 👁 226

POK VA XAYRLI NIYaT – DAVLATMANDLIK BELGISIDIR

POK VA XAYRLI NIYaT – DAVLATMANDLIK BELGISIDIR

Niyat – dinimizdagi eng muhim amallardan biri boʻlib, oddiy ishlar ham niyatni yaxshiligi sababli savobli amallarga aylanadi va niyatning yomonligi tufayli gunoh ishlar qatoriga kiradi. Niyat – qalb amalidir. Agar qalbdan niyat qilib, uni tilda ham zikr etsa, yanada yaxshi. Musulmon kishi dunyo hayotida qilayotgan har bir ishini ibodat darajasiga koʻtarishga harakat qilishi kerak.

 

Shuning uchun har bir banda chinakam maʼrifatga erishish uchun yaxshi niyat orqali ezgu amallarni koʻpaytirishi lozim. Darhaqiqat, biz qiladigan amallarimiz uchun niyatimizga koʻra ajr-savobga erishamiz. Rasululloh (s.a.v) shunday marhamat qilganlar:

“Amallar faqat niyatlarga koʻradir. Albatta, har bir kishiga niyat qilgan narsasi boʻladi” (Muttafaqun alayh).

Imom Ahmad ibn Hanbal ushbu hadis haqida: “Ilmning uchdan biri – shu  hadisda”, – desalar, Imom Shofeʼiy “Ilmning yarmi – shu hadisda”, – deb aytganlar. Imom Abu Dovud esa “Bu hadis – Islomning madori boʻlgan hadislardandir”, – deganlar. Mazkur zotlar aytgan maʼlumotlarning oʻziyoq dinimizda niyatga katta ahamiyat berilganini koʻrsatib turibdi.

Bir kishi olimlarga aytdi: “Menga bir yoʻl koʻrsatingki, u orqali Alloh taologa doimo maqbul amallar qilay, butun hayotim Alloh uchun ibodatga aylansin”. Unga aytishdiki: “Yaxshilikni niyat qil, qoʻlingan kelganicha yaxshi amallar qilaver, agar undan toliqsang yoki amalga oshira olmay qolsang ham uni davom ettirishda himmat koʻrsataver. Albatta, yaxshi amal qilishga himmatli boʻlish – uni bajarish bilan barobardir”.

Azizlar,  Ramazon oyida niyatimizni toʻgʻri qilib, tutgan roʻzamiz uchun ham katta ajr, savoblar borligi, aksincha niyatimizning toʻgʻri boʻlmaganligi sabab tutgan roʻzamizdan manfaat yoʻqligi haqida ham hadisi shariflarda aytilgan:

Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v.): «Kim ishonib va mukofotini Allohdan umid qilib, Ramazon roʻzasini tutsa, oʻtmish gunohlari kechiriladi», deganlar» (Imom Buxoriy va Muslim rivoyati).

Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (s.a.v): «Kim yolgʻon soʻzlashni tark etmasa va Alloh qaytargan narsalardan qaytmasa, roʻza tutib, yemay-ichmay qoʻygani bilan roʻzasi qabul boʻlmaydi, Alloh unga rahmat nazarini tashlamaydi», deganlar» (Imom Buxoriy, Abu Dovud, Termiziy va Nasoiylar rivoyati).

Demak, dilimizda pok imon va eʼtiqod ila, chin koʻngildan Ramazon roʻzasini tutsak, imkoni boricha atrofimizdagilarga yaxshi amallarimiz orqali xushnudlik bagʻishlasak, buning ajr va savoblariga yetishda Alloh bizni qoʻllaguvchidir. Pok va xayrli niyat moʻmin musulmonlar uchun chin maʼnodagi davlatmandlikdir.

R.HABIBULLAYeV, «Hoji eshon bobo» jomʼe masjidi imom-xatibi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026