16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 02:25
Jamiyat 👁 518

SINOVLI KUNLARDA XALQ QALBIDA JOʻSh URGAN QADRIYaT

SINOVLI KUNLARDA XALQ QALBIDA JOʻSh URGAN QADRIYaT

Prezidentimiz joriy yilning 20-aprel sanasida sanoat, qurilish va infratuzilma tarmoqlari korxonalarining toʻliq ishlashini taʼminlash masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishini oʻtkazdi. Davlatimiz rahbari yigʻilishda aholining  ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini himoya qilish masalasiga alohida toʻxtaldi. Vaqtincha ishlamayotgan, yordamga muhtoj oilalarni aniqlab, ularni manzilli qoʻllab-quvvatlash zarurligini taʼkidladi. Shuningdek, Prezidentimiz Oʻzbekiston xalqining tarixiy-maʼnaviy qadriyatlarini, mehr-oqibat, saxovat va himmat kabi yuksak insoniy fazilatlarini inobatga  olgan holda mamlakatimizda “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakatini yoʻlga qoʻyish tashabbusini ilgari surdilar.

“AMUDARYOTEX” xorijiy korxonasi rahbariyati ham “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakatiga oʻz hissasini qoʻshishga qaror qildi. Aytish oʻrinliki, “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati doirasida hech kim mehr va eʼtibordan chetda qolmasligi uchun har bir tadbirkor faollik koʻrsatmoqda. Bu jarayonda vaqtincha ishlamayotgan va kunlik daromad asosida yashab kelgan fuqarolarga birinchi navbatda yordam koʻrsatilmoqda.

Maʼlumki, mamlakatimizda karantin tufayli cheklovlar joriy etilganidan soʻng aholiga 27 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari arzon narxlarda yetkazib berila boshlandi. Oq oltin ovuli aholisiga ham “Qadamboy Amirxon” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan 3 tonna un mahsulotlari arzon narxda yetkazib berildi. Bu jarayon Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining tuman  boʻlimi tomonidan alohida nazoratga olindi. Shuningdek, shu kuni Bobur nomli ovul aholisi uchun ham arzon narxlarda 3 tonna un mahsuloti tarqatildi.

Prezidentimizning “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati tashabbusini qoʻllab-quvvatlagan Qilichboy ovuli hududidagi “Amirxon” fermer xoʻjaligi raisi Otaxon Qurboniyozov esa qutlugʻ Ramazon oyi arafasida ovuldagi 20 ta kam taʼminlangan oilaning har biriga 50 kilogramdan jam 1 tonna bugʻdoy, kundalik ehtiyojlari uchun yogʻ, sovun, shuningdek tibbiy niqoblar ehson qildi. Ushbu mahsulotlarga ehtiyoj sezayotgan oilalar ularni yetkazib bergan fermerga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.

 “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati tashabbusini qoʻllab-quvvatlashni oʻz insoniylik burchi deb bilgan xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Hamro Xoʻjayev Oʻrta qalʼa ovulidagi 12 ta kam taʼminlangan oilalarning har biriga 190 ming, jami 2 mln. 280 ming soʻmlik kundalik oziq-ovqat mahsulotlarini homiylik yordami sifatida tarqatdi. Shuningdek, ovuldagi kam taʼminlangan xonadonlarga Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi tomonidan har biriga 90 ming soʻmlik kundalik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Bundan tashqari, deputat Hamro Xoʻjayev rahbarlik qilayotgan “Suv qurilish boshqarmasi” hamda “Amudaryo Mangʻit yuksalish” masʼuliyati cheklangan jamiyatlari 20 ga yaqin oilalarda yashovchi 100 nafar aholini homiylikka olib, 3 oy davomida ularga jami 55 million soʻmlikka yaqin xomiylik va xayriya yordamlarini koʻrsatishni niyat qilishgan.

Oʻrta qalʼa ovuli hududida oʻz faoliyatlarini olib boruvchi “Xoʻjakoʻl” fermer xoʻjaligi ham ushbu xayrli tashabbusga hissa qoʻshib, vaqtincha ishlamayotgan va kunlik daromad asosida yashab kelgan fuqarolarga 3 oy davomida kundalik isteʼmol mollari hamda oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishga bel bogʻlashgan.

Saxovatpesha tadbirkorlar orasida “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati tashabbusini qoʻllab-quvvatlayotganlar talaygina. Xususan, tadbirkor Dilbar Yangiboyeva tomonidan beshta, “Ram Xaytimbat” fermer xoʻjaligi tomonidan toʻrtta, “Yergulobod” fermer xoʻjaligi tomonidan uchta oilaning har biriga 60 ming soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlari xayriya qilingan boʻlsa, “Nur” savdo doʻkoni tomonidan ovuldagi Olimboy Jumaniyozovning 500 ming soʻmlik kommunal toʻlovlari toʻlab berildi. “Yusufxoʻja” fermer xoʻjaligi tomonidan ikkita oilaning har biriga 250 ming soʻmlik kundalik oziq-ovqat mahsulotlari xayr-ehson tariqasida yetkazildi.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati tumanimiz boʻylab keng quloch yoymoqda. Ramazon oyi kirib kelgan qutlugʻ kunlarda boshlanayotgan bu tashabbus sinovli kunlarda har bir yurtdoshimiz qalbida yanada joʻshqinlik kasb etmoqda.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026