Virus oʻquvchilarimizning taʼlim olishiga toʻsqinlik qila olmaydi
Koronavirus pandemiyasi butun dunyoda taʼlim olish tarzini oʻzgartirib yubordi. Mazkur oʻzgarishlar shubhasiz, bir qancha noqulayliklarni keltirib chiqardi. Biroq pandemiya taʼlim sohasidagi yangi innovatsiyalarga sabab boʻldi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida ham karantin davrida oʻquvchilarning taʼlim olishiga jiddiy eʼtibor qaratildi va Oʻrta Osiyoda birinchilardan boʻlib masofaviy taʼlim tizimi joriy qilindi.
Taʼlim muassasalarining fan oʻqituvchilari karantin davrida oʻquvchilar bilan masofadan internet tarmoqlari orqali muloqotni yoʻlga qoʻydilar. Oʻqituvchining bu jarayonda bajaradigan qator vazifalari mavjud. U televideniye orqali namoyish qilinayotgan onlayn darslar haqida muntazam ravishda oʻquvchi va ota-onalarni xabardor qilib borishi kerak. Shuningdek, telegram kanalida tuzilgan guruhlar orqali oʻquvchilarga televizion darsda oʻtilgan mavzu yuzasidan qoʻshimcha tushuntirishi, savollarga javob berishi va televizion darsda berilgan uy vazifalarni bajarishga koʻmaklashib boradi.
Telegram messenjeri mavjud boʻlmagan ota-onalar va oʻquvchilarga uyali telefon orqali qoʻshimcha tushuntirish ishlarini tashkil etadi hamda shu orqali baholab boradi. Sinflar kesimida tashkil qilingan kanal, yaʼni guruhlarni boshqarib borishni oʻquv va tarbiya ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari nazorati ostida sinf rahbarlari amalga oshiradi. Televideniye orqali tashkil qilingan onlayn dars mavzulari boʻyicha fan oʻqituvchilari qoʻshimcha maʼlumotlar berib boradi, oʻquvchi qiziqishiga qarab, ular bilan yakka tarzda ham ishlaydi.
Ayni paytda taʼlim tizimida yoʻlga qoʻyilgan bu tarzdagi usulda tuman Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 55-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktab tomonidan ham darslar davom ettirilmoqda. Maktabimiz oʻquvchilari taʼlimdan chetda qolmasliklari uchun yuqorida aytilgan vazifalar asosida ishlar tashkil qilindi. Shuni aytish joizki, bu ham oʻz navbatida har bir oʻqituvchidan katta masʼuliyat talab qiladi. Ana shu masʼuliyatni his qilgan holda maktabimiz oʻqituvchilari har bir oʻquvchini eʼtibordan chetda qoldirmasdan, bilim olishiga amaliy yordam berib kelmoqda. Bu ishlarning samarali tashkil etilishida ota-onalarning koʻmagi muhim ahamiyat kasb etadi. Sababi bolaning boʻsh vaqtini nazorat qilib borish va rejali ishlarga jalb qilish kattalar nazoratida amalga oshirilishi lozim.
Masofaviy oʻqitish usuli anʼanaviy taʼlim shakllaridan farq qiladi. U oʻquvchilarni oʻziga qulay vaqtda, joyda va sharoitda oʻqitish imkonini berib kelmoqda.
Bahodir Utaboyev, 55-sonli maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶