Uy-joyni ijaraga berish shartnomasini Davlat soliq organlarida majburiy hisobga qoʻyilishiga rioya etmaslik javobgarlikka olib keladi
Maʼlumki, mulk huquqi har bir fuqaroning konstitutsiya bilan kafolatlangan huquqlaridan biri sanaladi. Bunda, ayniqsa, fuqarolarning turar-joy bilan bogʻliq huquqlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Qonun mulkdorlarga bir qator imtiyoz va huquqlar berishi bilan birga, maʼlum cheklov va majburiyatlarni ham yuklagan va majburiyatlarga rioya etmaslik mulkdorga maʼlum darajadagi choralar koʻrilishigacha olib kelishi mumkin. Masalan, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 603-moddasiga koʻra uy-joyni ijaraga berish shartnomasi yozma shaklda tuziladi. Fuqarolar oʻrtasida tuzilgan uy-joyni ijaraga berish shartnomasi davlat soliq organlarida hisobga qoʻyilishi lozim. Ijaraga beruvchi tomonidan qonunning mazkur talablariga rioya etmaslik quyidagi javobgarlikni keltirib chiqarishi mumkin.
Yaʼni, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 159(1)-moddasiga muvofiq, fuqarolar oʻrtasida binoni, inshootni yoki ularning bir qismini, turar joyni ijaraga berish shartnomasining, tekin foydalanishga berish shartnomasining mavjud emasligi yoxud davlat soliq organlarida ijaraga berish shartnomasining majburiy hisobga qoʻyilishiga rioya etmaslik noqonuniy holat hisoblanadi. Bunday hollarda yaʼni, fuqarolar oʻrtasida binoni, inshootni yoki ularning bir qismini, turar joyni ijaraga berish shartnomasining, tekin foydalanishga berish shartnomasining mavjud emasligi, davlat soliq organlarida ijaraga berish shartnomasining majburiy hisobga qoʻyilishiga rioya etmaslik — eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Shunday ekan turar-joyni ijaraga beruvchi mulk huquqidan foydalanishda faqat foyda olishni oʻylab emas, ijarada yashovchi fuqarolarning ham haq-huquqlarini eʼtiborga olishni, ulardan kelayotgan daromadning bir qismini soliq sifati toʻlashni unutmasligi lozim.
M.Matyusupov, Amudaryo tumani Adliya boʻlimi boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶