Mangʻit dehqon bozori faoliyati vaqtincha toʻxtatildi
Karantin davrida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini va xavfsizligini taʼminlash, koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida karantin tartib-qoidalari yanada kuchaytirilgani va tuman markazi alohida nazoratga olinib, zarurat boʻlmagan taqdirda avtotransport vositalari va fuqarolarning harakatlanishiga chek qoʻyilgani sababli Mangʻit dehqon bozori faoliyati vaqtincha toʻxtatildi.
Shuni maʼlum qilamizki,
Olmazor, Gulzor, Beruniy nomli mahallalar aholisi uchun “Amudaryo tumangaz” filiali yon tomonidagi bolalar maydonchasida;
Boʻston, Navoiy va Oybek nomli mahallalar, Amir Temur nomli ovul aholisi uchun 1-sonli umumtaʼlim maktabi sport maydonchasida;
Chordara, Boy ovul, Durunki, Bogʻ mahallalari aholisi uchun 36-sonli umumtaʼlim maktabi sport maydonchasida;
Doʻstlik, Yangiobod, Farovon mahallalari va Tosh yop ovuli aholisi uchun “Safarboy ota” toʻyxonasi orqa tarafidagi sport maydonchasida vaqtinchalik bozorlar faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Hududlarda vaqtinchalik tashkil etilgan bozorlar 15-aprel kunidan oʻz faoliyatini boshladi.
Koronavirus infektsiyasi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi shtab.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶