16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 05:31
Jamiyat 👁 328

«JANNAT – ONALAR OYoGʻI OSTIDADIR» DEB NOMLANGAN TADBIR BOʻLIB OʻTDI

«JANNAT – ONALAR OYoGʻI OSTIDADIR»  DEB NOMLANGAN TADBIR BOʻLIB OʻTDI

Xalqimizda gul oʻssa yerning koʻrki, qiz oʻssa elning koʻrki, degan maqol bor. Ha, chindan-da maʼnaviyatli, maʼrifatli, odobli va hayoli-iboli qizlar ota-onasiga  ham, ustozlariga ham sharaf keltiradi. Shu boisdan ham ularning munosib boʻlib voyaga yetishiga   erishish uchun harakat  juda kichkinaligidan boshlanadi.

Mamlakatimizda barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablarida boʻlgani kabi tumanimiz  taʼlim muassasalarida ham qizlarimizning taʼlim-tarbiyasiga  alohida  eʼtibor beriladi, kasb-hunarga ilk koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida  toʻgaraklarga jalb etiladi. Boisi qizlar boʻlgʻusi oila bekalari, jamiyatimizning kichik boʻlagi  boʻlmish ushbu muqaddas makonning tinch-osoyishtaligini taʼminlashga munosib hissa qoʻshuvchi,  uni oʻzining mehri ardogʻida asrab-avaylaguvchi zotdir.

Bu borada olib borilayotgan  ishlar samarasini aniqlash maqsadida 65-sonli maktabda «Jannat – onalar oyogʻi ostidadir» deb nomlangan tadbir oʻtkazildi. Tadbirda maktab oʻqituvchilari, oʻquvchilari va ularning ota-onalari ishtirok etdilar.
Tadbirda avvalo ayollarning, onalarning farzand tarbiyasi va jamiyat taraqqiyotidagi oʻrni haqida maʼruza qilindi, mamlakatimizda xotin-qizlarga  qaratilayotgan  eʼtibor haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Bayramga bagʻishlangan tadbirda 4-sinf oʻquvchilaridan eng bilimdon va zukko 6 nafar  qizlar «Balli qizlar» tanlovida  qatnashib, oʻzlarining salohiyatini namoyish qilishdi.

Tanlovda ular zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini  qay darajada egallaganliklarini, epchilliklarini va mamlakatimizda  yoshlarga oid  amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar borasidagi bilimlarini sinovdan oʻtkazdilar. Ayniqsa, «Arzanda boʻlma – nazarda boʻl» deb nomlangan bahoriy salat  tayyorlash sharti juda qiziqarli boʻldi. Ushbu shartda hakamlar hayʼati aʼzolari qizlarning zaminimizda yetishtiriladigan  sabzavotlardan, darmonbaxsh koʻkatlardan va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlaridan toʻyimli va salomatlik uchun foydali salatlar tayyorlashiga,  mahsulotlarni isrof qilmay toʻgʻri artib tozalashiga, dasturxonga ishtahani ochadigan, koʻrkam qilib tortishiga alohida eʼtibor qaratdilar.

Tarbiya bolalikdan boshlanadi, degan donolarimizning naqli ushbu tadbirda ham oʻz ifodasini topganday boʻldi. Boisi hali endigina oʻn yoshdan oʻtgan qizaloqlarning etagiga fartuk taqib, chiroyli kiyinib, oʻzlarini oshxona bekasiday tutib, masalliqlardan  mazali  salat tayyorlashidan, har bir mahsulotni oʻziga xos mahorat bilan idishlarga joylashidan  ularning onalariga jajji yordamchi boʻlib qolganlarini   anglash qiyin emas.

 Tanlov shartlari orasida maktab badiiy havaskorlari ijrosida namoyish etilgan  bayramga bagʻishlangan  musiqiy dastur tadbir shukuhini yana ham oshirdi. Oʻquvchilar tomonidan ijro etilgan shoʻx qoʻshiqlar, bahor va ayolni madh etuvchi sheʼrlar, dilrabo raqslar hammaga nihoyatda manzur boʻldi va koʻtarinki kayfiyat baxsh etdi.

  Yurtimizda bayramlar, qutlugʻ kunlar koʻp. Har birining oʻz mazmun-mohiyati bor. Har yili  mamlakatimiz boʻylab, koʻklam kirib kelishi bilan turli bayramlar munosabati boshlab yuboriladigan tadbirlar ham elimizga koʻtarinki ruh va ilhom baxsh etib, yaratuvchanliklarga, bunyodkorliklarga boshlaydi.

 Maktabning 4-sinf oʻquvchi-qizlari ishtirokida oʻtkazilgan mazkur tadbir  ham barcha  tomoshabinlarda ulkan taassurotlar qoldirdi.

OYGUL RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026