“ChILPIQ ILHOMLAPI” TOʻGAPAGI AʼZOLAPI SEVIMLI ADIBLAPI BILAN UChPAShIShDI
Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha beshta muhim tashabbusni ilgari surgan, uning yoʻlga qoʻyilishga alohida eʼtibor qaratishni asosiy vazifa qilib belgilab bergan edi. Chunki, yoshlarga boʻlgan eʼtiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, har birida axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini shakllantirish, kitobxonlikni keng targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish kabilar kechiktirib boʻlmaydigan masalalar hisoblanadi.
Ushbu beshta muhim tashabbus ijrosini taʼminlash borasida tumanimizdagi mavjud umumiy oʻrta taʼlim maktablarida turli toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Toʻgaraklarda oʻquvchi yoshlar boʻsh vaqtlarida zamonaviy axborot texnologiyalarini chuqur egallab, sport bilan shugʻullanishga ham astoydil qiziqishmoqda. Shuningdek, sanʼatning barcha turlari, tasviriy sanʼat, ijodkorlik, kasb-hunar egallash borasidagi iqtidorini yuksaltirib, maʼnaviy yetuklik sari dalil intilmoqdalar.
Tumanimizning olis hududi – Nazarxon ovulida joylashgan 3-sonli maktabda beshta muhim tashabbus doirasida tashkil etilgan “Chilpchiq ilhomlari” adabiy toʻgaragiga ham badiiy ijod bilan shugʻullanuvchi koʻp oʻquvchilar qamrab olingan. Adabiy toʻgarakda ularning mashqlari muhokama etilibgina qolmay, oʻqigan oʻzbek va jahon adabiyotining durdona namunalari xususida suhbatlar olib boriladi. Adabiy aloqalar, hamkorliklarning adabiyot rivojidagi oʻrni haqida ham tushuntirishlar beriladi.
Toʻgarakda mamlakatimiz miqyosida oʻquvchi yoshlar orasida muntazam oʻtkazib kelinayotgan “Yosh kitobxon”, “Kamalak yulduzlari” tanlovlari, shuningdek, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlarni tarbiyalash va munosib ishtirok etishiga erishish maqsadida koʻpgina saʼy-harakatlarni olib borilmoqda.
Yaqinda ushbu toʻgarak rahbari va maktab maʼmuriyati tashabbusi bilan Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari Beknazar Yernazarov va Joʻldasbay Nurullayevlarning maktab oʻquvchilari bilan uchrashuvi tashkil etildi. Ahamiyatlisi, oʻquvchilarning deyarli barchasi ularning ijodi bilan yaqindan tanish, hammasining oʻziga xos taassurotlari bor. Shuning uchun ham ushbu uchrashuv ular uchun juda koʻngilli va qiziqarli boʻldi.
Uchrashuvda ishtirok etgan taniqli adiblar oʻquvchilarga oʻz ijod namunalaridan oʻqib berdilar hamda “Chilpiq ilhomlari” adabiy toʻgaragi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar, toʻgarak aʼzolari ijodini qiziqib tingladilar.
Shunisi eʼtiborliki, qoraqalpoq xalqining taniqli ijodkorlari bilan boʻlgan doʻstona muloqot, samimiy suhbatlar oʻquvchilarni oʻqish, bilim asoslarini chuqur egallashga ruhlantirdi, orzu-intilishlari sari dadil intilishga undadi, kitob mutolaasining ahamiyatini chuqurroq anglashlariga yordam berdi.
Oʻquvchilik davri insonning oʻz kelajagi uchun biron kasb-hunar yo mutaxassislikni tanlaydigan, shu yoʻlda izlanib-intiladigan davrdir. Bu yoʻlda ularga ruhiy madad boʻladigan tadbirlarning oʻrni katta. Shu maʼnoda 3-sonli maktab oʻquvchilarining sevimli adiblar bilan boʻlgan uchrashuvi ham juda ahamiyatli boʻldi.
O.PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶