“TOZA HUDUD” DAVLAT UNITAR KORXONASI ÇOR-ATROF TOZALIGINI TAʼMINLAYaPTI
Qoraqalpoğiston Respublikasi “Toza hudud” davlat unitar korxonasining tumanimizdagi filiali zimmasiga tuman hududidagi asosiy maydon va köçalar, yölakçalar qismlarida töplanib qolgan çiqindilarni olib taşlaş, irrigatsiya tizimlarini tozalaş vazifalari yuklangan. Şuningdek, xususiy uy-joy mulkdorlarining şirkatlari, ularning tasarrufida bölgan köp qavatli uy-joylar atroflarini tozalaş ham belgilangan.
Buningdek xizmatlarni bajarişda “Toza hudud” davlat unitar korxonasi tomonidan qattiq maişiy çiqindilarni taşib ketiş xizmatini körsatişning tarif miqdorlari Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining 2019-yil 7-yanvardagi 1-sonli Qaroriga asosan belgilangan. Bunda aholi jon boşiga jismoniy şaxslarga 2100 söm, yuridik taşkilotlarga 1 metr kub çiqindi uçun 46 000 söm belgilangan.
Korxonada bu kabi xizmatlarni bajarişga 12 ta maxsus texnikalar, 39 nafar işçilar jalb qilingan.
Tumanimiz hududi ozoda-orasta bölişiga, çiqindilar yiğilib qolişining oldini olişga qaratilgan saʼy-harakatlarimiz 17 ta ovul, mahallalar hududini qamrab oldi. Yaʼni Çordara, Boyovul, Durunki, Olmazor, Gulzor, Oybek, Beruniy, Böston, Döstlik, Yangiobod, Farovon, Çoyköl, Bosuv, Toşyop, Örta qalʼa, Arna böyi kabi ovul va mahallalar fuqarolar yiğinlari bilan ommaviy şartnomalar tuzilib, 42 mingdan ziyod aholiga xizmat körsatilmoqda.
Kelgusida qamrovni yana ham kengaytiriş niyatidamiz.
Ötgan 2019-yilda 7 ta mahallalardagi köp qavatli uylar yoniga filialimiz buyurtmasiga asosan “Gul diyorim” masʼuliyati çeklangan jamiyati tomonidan 9 ta çiqindi yiğiş maydonçalari qurilib, foydalanişga topşirildi va köp qavatli uylarda yaşovçi aholi foydalanib kelayapti. Kelgusida çiqindi yiğiş maydonçalarini köpaytirişni rejalaştirayapmiz.
Joriy yil uçun yuridik taşkilotlar bilan qattiq maişiy çiqindilarni taşib ketiş yuzasidan 164 ta şartnomalar imzolandi va xizmat körsatilmoqda.
Çor-atrof çiqindilardan xoli, ozoda, gözal bölib turişini kim ham istamaydi deysiz?
Ayniqsa, köklamda hammayoqni sarişta, obod, kökalamzor qiliş uçun harakat avj oladi. Bu xalqimizning qon-qoniga singib ketgan azaliy odatlaridan desak, xato bölmas. Korxonamiz faoliyati şunday ezgu maqsadga qaratilgani bizga doimo kuç-quvvat bağişlaydi. Barçaga Navrözi olam muborak bölsin!
Şukurullo ŞERIMBETOV,
“Toza hudud” DUK tuman filiali boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶