16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 06:58
Jamiyat 👁 240

“BU – MENING ONAM” TADBIPIDA AZIZ VA MUHTAPAMA ONAXONLAP ShAPAFLANDI

“BU – MENING ONAM” TADBIPIDA AZIZ VA MUHTAPAMA ONAXONLAP ShAPAFLANDI

Bahor faslining ilk kunidanoq xalqimiz ajib orzular ogʻushiga chulgʻanadi. Yurtimizga bayramlar nafasini olib kelguvchi mart oyi – Oʻzbekning suyukli farzandi – baxt va bahor kuychisi, vafo va sadoqat malikasi Zulfiyaxonim dahosiga samimiy ehtirom tuygʻulariga yoʻgʻrilgan nafis tadbirlar bilan boshlanadi va ayolga, mangu tiriklik va goʻzallik tuygʻulariga toʻlib-toshadi. Ayniqsa, ayol-qizlar bayrami munosabati bilan mamlakatimizda aziz Ayollarni sharaflovchi dilbar davralar tuziladi, fayzli dasturxonlar atrofida bu zoti karimalar madhiga eng sara kuy-qoʻshiqlar jarang sochadi.

Tumanimizdagi 11-sonli umumtaʼlim maktabida boʻlib oʻtgan tadbirda ham munis va mehribon, fidoyi onajonlarga cheksiz ehtirom koʻrsatildi. Maktabning oʻzbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Barno Rajabova tomonidan tayyorlangan “Bu – mening onam” adabiy-musiqiy tadbirda 11-“A” va 11-“B” sinflarning 7 nafar zebo qizlari 5 ta shart asosida oʻzaro bellashdilar. Avvalo shuni alohida taʼkidlash kerakki, tadbirning “Bu – mening onam” deb nomlanishida oʻziga xos maʼno va mazmun mujassam: tadbir oʻtkazilgan joy sharqona bezatildi, gullar, 5 ta muhim tashabbusni oʻzida mujassam  etgan koʻrgazma, yashnash va yasharish fasli – bahorga monand tabiat manzaralari ishtirokchilarga xushnudlik bagʻishladi. Ishtirokchi qizlar Mahliyo Yalgʻasheva, Shoira Rajabova, Shahlo Kenjaboyeva, Dilshoda Qoʻshmonova, Komila Sobirova, Tursunoy Bektemirova, Ozoda Qoʻshmonovalar bellashuv shartlarini mahorat bilan bajarishdi. Birinchi shart boʻyicha har bir ishtirokchi oʻzini va albatta mehribon onajoni va oilasini tanishtirish marosimini oʻtkazishdi. Tanishtirishning nazmiy ifoda etilishi yanada hayajonli lahzalarga boy boʻldi. Ular oʻz onajonlariga, tadbir ishtirokchilariga bayram tabriklarini yoʻlladilar.

Ikkinchi shart – mantiqiy savollardan iborat boʻldi. Bu savollarga berilgan javoblar orqali ishtirokchi qizlarning aql-farosati, didi, muomala madaniyati va bilimdonligiga baho berildi.

Uchinchi shartda esa qizlarning sahna va nutqiy  madaniyati sinovdan oʻtkazildi. Bu shartda ishtirokchilar oʻzbek va jahon adabiyoti durdona asarlaridan foydalangan holda 5 ta muhim tashabbusning biri – kitobxonlik saviyasini namoyon etibgina qolmay, oʻzlari sevgan qahramonlar obrazlarini sahnada gavdalantirdilar. Xususan, Tursunoy Bektemirova, Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” romanidan ona obrazini ijro etib berdi. Komilaxon Sobirova esa Oʻtkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asaridagi “Gilam paypoq” hikoyasi asosida ona siymosini gavdalantirdi. Mahliyo Yalgʻasheva va Dilshoda Qoʻshmonovalar esa birgalikda kelin salomlar ijro etishdi.

Ishtirokchi qizlarning barchasi bellashuv shartlarida  belgilangan talablar doirasida oʻz mahoratlarini koʻrsatishdi.

“Bu – mening onam” tadbirida ishtirok etgan oʻquvchilarning ota-onalari va tomoshabin oʻqituvchi hamda oʻquvchi-yoshlar qizlarning har bir chiqishini olqishlar bilan kutib oldilar. Boʻlib oʻtgan bayramona tadbir Ayolga – onaga yuksak ehtiromning munosib ifodasi boʻldi va barchada katta taassurot qoldirdi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026