14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 23:26
Fan va taʼlim 👁 502

Ochiq oʻquv mashgʻulotlari oʻquvchilarning fanga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirmoqda

Ochiq oʻquv mashgʻulotlari oʻquvchilarning fanga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirmoqda

Bugungi kunda yurtimizda taʼlim sohasining yanada rivojlanishiga katta eʼtibor qaratilmoqda. Yoshlarning ilm-fan choʻqqilarini egallashi, fanlarni chuqurroq oʻrganib, bilim marralarini zabt etishlari uchun keng imkoniyat hamda sharoitlar yaratilmoqda. Bu borada oʻqituvchi hamda murabbiylarning oʻrni beqiyos ekanligi inobatga olinib, ularning jamiyatdagi mavqeini yanada yuqori pogʻonaga koʻtarish ham bugungi kundagi ustuvor vazifalardan biriga aylandi.

Kelajagimiz egalarini bilimli, yuksak salohiyatli qilib tarbiyalash, ularga ilm-fan sirlarini chuqurroq oʻrgatish maqsadida taʼlim jarayonida qoʻllaniladigan innovatsion pedagogik texnologiyalarning ahamiyati katta. Zero, har bir oʻqituvchining dars jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda taʼlim berishi bugungi kunning talabi hamdir. Oʻz navbatida oʻqituvchining pedagogik mahoratini namoyon qilishi uchun va oʻquvchilarning ilm-fanni oʻrganishga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida ochiq darslar tashkil qilish ham taʼlim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Tumanimizdagi 16-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabining aniq fanlarga yoʻnaltirilgan 9-“A” sinfida matematika fanidan innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida ochiq oʻquv mashgʻuloti tashkil qilindi.  

Mashgʻulotni maktabning matematika fani oʻqituvchilari Feruza Yusupova hamda Gʻayrat Rahimovlar tashkil qildilar. “Cheksiz kamayuvchi geometrik progressiya” mavzusidagi ochiq dars oʻquvchilarning matematika faniga boʻlgan qiziqishlarni oshirish, fan yuzasidan oʻquvchilarda yangi bilim, koʻnikma va malakalarni hosil qilish hamda ularning egallagan bilimlarini tekshirish, sinovdan oʻtkazish maqsadida oʻtkazildi. Fan oʻqituvchilaridan yangi uslublarni oʻrganish, tajriba almashish, dars jarayonining oʻtkazilishini kuzatish maqsadida ushbu ochiq oʻquv mashgʻulotiga maktabning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Rahima Saparboyeva, matematika fani oʻqituvchisi Sharofat Jumaniyozovalar tashrif buyurishdi.

Sinfning 1-guruhida dars fan oʻqituvchisi Gʻayrat Rahimov tomonidan noanʼanaviy tarzda, innovatsion pedagogik texnologiyalar, interaktiv metodlardan foydalanilgan holda tashkil etildi. PISA testlar bilan oldingi oʻtilgan mavzular boʻyicha bilimlar takrorlandi hamda bu bilan 2021-yilda yurtimizda xalqaro baholash mezonlari – PISA testlar orqali oʻquvchilarning bilimini baholash sinovlariga tayyorgarlik koʻrish vazifasi ham qamrab olindi.

Yangi mavzu boʻyicha bilimlar smart doska orqali interaktiv slaydlar vositasida taqdim etildi. Shuningdek, yangi bilimlarni mustahkamlashda “yashirin soʻz” metodidan hamda darsni mustahkamlash bosqichida olingan bilimlarni nazorat qilishning innovatsion usuli boʻlgan onlayn sinov testlaridan foydalanildi. Oʻquvchilar sinov testlarini onlayn tarzda kompyuterda topshirishdi. Dars davomida yangi mavzu boʻyicha oʻquvchilarning yangi bilimlar olishiga, matematik fikrlashi, dunyoqarashi hamda fanga boʻlgan qiziqishi yanada oshishiga erishildi.

Sinfning 2-guruhida fan oʻqituvchisi Feruza Yusupova tomonidan dars smart hamda markerli doskalar orqali interfaol dars taqdimotlari yordamida oʻtkazildi. Darsda “Bltis-savol” metodi bilan oldingi darslar takrorlandi. Bu guruhda ham darsni mustahkamlash bosqichida oʻquvchilar sinov testlarini onlayn tarzda kompyuterda topshirishdi va ularning bilimlari baholab borildi.

Dars davomida fan oʻqituvchilari tomonidan belgilab qoʻygan taʼlimiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarga erishildi. Tajribali hamda yuqori bilimga ega boʻlgan bu oʻqituvchilar tomonidan tashkil qilingan ochiq darsda oʻquvchilar  mavzu yuzasidan yangi bilimlarni yangicha metodlar orqali egallashga va oʻzlashtirishga muvaffaq boʻldilar. Ochiq dars juda qiziqarli oʻtdi.

Charos Arslonova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019