BINAFShA LABIDA, YePLAPDA BAHOP...
Har yili mamlakatimiz ahli bahorni shoira Zulfiya tavallud topgan kunni nishonlash bilan kutib oladi.
Bahor – yasharish faslining ilk kunida 23-sonli umumtaʼlim maktabida Zulfiyaning 105 yilligiga bagʻishlab adabiy kecha boʻlib oʻtdi. Adabiy kecha 9-11-sinf oʻquvchi-qizlari oʻrtasida bellashuv tarzida oʻtkazildi. Unda qizlarimiz Zulfiyaning hayoti va ijodi haqida sahna koʻrinishlarini namoyish etdilar. Tadbirda faol qatnashgan qizlar ragʻbatlantirildi. Qizlarimiz isteʼdodini koʻrib, ular orasidan ham Zulfiyaxonim izdoshlari, Zulfiyaga munosib vorislar yetishib chiqishiga ishonch hosil qildik.
Zulfiya bir paytlar: “hali yer yuzida bugungidan ham yaxshiroq insonlar, ruhi boy odamlar yashaydi. Agar oʻsha kishilar ham mening biror satrimni esga olsalar, oʻsha satr ular uchun kerakli boʻlsa, qalbining boʻsh bir nuqtasini toʻldirsa... qalamimga shu umid kuch beradi”, deb yozgan edi. Xalqimiz hayot ekan, Zulfiyaning ijodiy merosi va hayot yoʻli donolik, sadoqat, vafodan saboq beraveradi.
Sultonposhsha Jumaboyeva,
23-sonli maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶