16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 06:57
Jamiyat 👁 743

Maktabgacha taʼlim tashkilotida “Navroʻz varraklari” sayli oʻtkazildi

Maktabgacha taʼlim tashkilotida “Navroʻz varraklari” sayli oʻtkazildi

Navroʻz – Markaziy Osiyo xalqlari uchun nafaqat milliy bayram, balki yangi dehqonchilik yilining boshlanishi, rizq-roʻz, nasiba uchun qoʻyiladigan ilk qadam, mehnat, yaratish va yashnatish ayyomi. Navroʻzda kattalar bobomeros urf-odat, anʼana va qadriyatlar qadr-qimmatini baland tutib ulugʻlasalar, jajji bolajonlar bu kunga oʻzlarining biri-biridan qiziqarli, goʻzal oʻyinlari bilan  fayz kiritadilar.

 Mart oyining ilk kunlaridanoq tumanimizdagi barcha oʻquv muassasalarida, maktabgacha taʼlim tashkilotilarida boshlanib ketgan Navroʻzona tadbirlarda fayzli dasturxonlar yozilib, Navroʻzning shoh taomi – sumalaklar, Navroʻz goʻjalar tortildi. Bolajonlar, oʻquvchi-yoshlar asrlar osha avloddan-avlodga maʼnaviy ruh bagʻishlab oʻtib kelayotgan xalq oʻyinlarini maroq bilan oʻynab, zavq-shavqqa toʻldilar.

Joylardagi kabi 6-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida ham bayram munosabati bilan turli tadbirlar oʻtkazilib, kichkintoylarga koʻtarinki kayfiyat ulashildi. Mazkur tashkilotga  Shahnoza Qilicheva rahbarlik qiladi. Mamlakatimizdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti tizimiga koʻrsatilayotgan eʼtibor va ragʻbat tufayli tizimda keskin oʻzgarishlar, yangilanishlar amalga oshirilmoqda. Soʻnggi 2-3-yil ichida mazkur 6-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida ham faqat nomigagina ish yuritishga barham berildi. Oʻz ishining fidoyilari boʻlgan pedagog-tarbiyachilar safi koʻpayib, maktabgacha taʼlim guruhlari shakllantirildi, mashgʻulotlarda yangi pedtexnologiyalar joriy etildi. Kadrlar malakasi oshirilib, tashkilot faoliyati zamon talablari darajasiga koʻtarildi.

Turli bayram sanalari munosabati bilan tashkil etilayotgan tadbirlarning tashkilot guruhlari uchun belgilangan taʼlim-tarbiyaviy rejalar bilan uzviylikda oʻtkazilayotgani bolajonlar qalbida ona tabiatga, Vatanga, oilaga nisbatan mehr-muhabbat tuygʻularini kamol topshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Navroʻz – umumxalq bayramiga bagʻishlangan bayramona tadbirlar ushbu tashkilotda mart oyining ilk kunlaridanoq boshlanib ketdi. Bolajonlar turli xalq oʻyinlari – “chillak”, “beshtosh”, “bizdan sizga kim kerak”, “qushlar keldi”, “qush uchirmoq” kabi oʻyinlarni maroq bilan oʻynadilar. Ayniqsa, tashkilotda tarbiyalanayotgan 100 nafar kichkintoylar va ularning ota-onalari ishtirokida boʻlib oʻtgan “Navroʻz varraklari” sayli barcha tadbirlardan ham goʻzal va zavqli boʻldi. Mazkur tadbirda bolajonlar ijro etgan bahorni madh etuvchi sheʼr-qoʻshiqlar, shoʻx raqslar barcha ishtirokchilarga cheksiz huzur bagʻishladi.

Tadbirda bolajonlar quvnoq sport oʻyinlarini ham maroq bilan oʻynadilar. Quvlashmachoq, toʻsiqlar osha yugurish, koptok irgʻitish kabi oʻyinlarda bolajonlar oʻzlarining chaqqon va epchilliklarini namoyish etdilar. Shundan soʻng oʻtkazilgan varrak uchirish musobaqasi bolajonlarga cheksiz zavq-shavq ulashdi.

Bahorni madh etuvchi joʻshqin musiqa sadolari joʻrligida varraklarini uchirgan bolajonlarning shodligi, qiyqiriqlari olamni tutdi. Biri-biridan baland uchgan turfa rang varraklar bahor va Navroʻz tashrifidan darak beruvchi elchilar kabi ona elimiz Amudaryo osmonida parvoz qilganida goʻyo bolajonlarning qalblarida yangi-yangi orzular, tinchlik, hamjihatlik, doʻstlik va totuvlik tuygʻularini uygʻotdi. Har bir jajji qalbda ona Vatanga cheksiz muhabbat, uygʻonayotgan ona zaminga, tabiatga mehr yanada mustahkamlandi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026