AYoL-QIZLAPGA YuKSAK EHTIPOM KOʻPSATILDI
Mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda oʻz qobiliyatlarini roʻyobga chiqarishi uchun keng imkoniyat hamda shart-sharoitlar yara-tilgan. Shuningdek, barcha jabhalarda jamiyat manfaatiga oʻz hissasini qoʻshayotgan ayollar ham alohida eʼtirof etilib, munosib ragʻbatlantirilib kelinmoqda.

Xususan, Prezident Farmoniga muvofiq jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik koʻrsatgan xotin-qizlar uchun “Moʻʼtabar ayol” koʻkrak nishoni taʼsis etilishi ham fikrimizning dalilidir.
Qolaversa, har yili 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami sanasining mamlakat boʻylab chinakam tantana qilinishi jamiyatimizda ayollarga boʻlgan eʼtiborning nechogʻlik yuksak ekanligini ifodalaydi.
Butun mamlakatimizda boʻlgani kabi 6-mart kuni tumanimizda ham ushbu ayyom yuksak darajada nishonlandi. Bayram tadbirida tumanimizdagi barcha sohalarda faoliyat yuritayotgan faol ayollar ishtirok qildilar. Tantanali marosimda tuman hokimi S.Yoʻldashev nutq soʻzlab, ayol-qizlarni bayram bilan muborakbod etdi.

Shundan soʻng tuman mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Muqaddas Beknazarova, 36-sonli maktab oʻqituvchisi Payhon Qalandarovalar ayollarni bayram bilan tabrikladilar.
Tadbir tumanimiz sanʼatkorlari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturiga ulanib ketdi. Ajoyib kontsert dasturi barchaga koʻtarinki, bayramona kayfiyat ulashdi.



Charos Arslonova,
tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶