22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 02:49
Fan va taʼlim 👁 673

Tumanimizdagi abituriyetlardan DTMning sinov testlari olindi

Tumanimizdagi abituriyetlardan DTMning sinov testlari olindi

Soʻnggi yillarda davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga qabul test sinovlari jarayoni, koʻpchilik eʼtirof etganidek, shaffof va adolatli oʻtdi. Bu, birinchi navbatda, hukumatimizning mazkur sohada olib borayotgan siyosati, islohotlarining natijasidir. Davlatimizda yoshlarning taʼlim olishlari yoʻlida juda katta imkoniyat va imtiyozlar joriy qilinmoqda.

2019/2020 oʻquv yilida davlat oliy taʼlim muassasalari va ularning filiallariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha test sinovlari katta sigʻimli binolarda oʻtkazildi. Binolarga shaxsni identifikatsiyalash qurilmalari, videokuzatuv moslamalari, biometrik va mobil aloqa toʻlqinlarini toʻsuvchi qurilmalar oʻrnatildi, binolarda moʻʼtadil havo harorati taʼminlandi.

Joriy 2020/2021 oʻquv yili uchun oʻtkaziladigan test sinovlari ham har tomonlama shaffof, adolatli oʻtkazilishi uchun tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi.

Tumanimizdagi barcha abituriyentlarning test sinovlariga tayyorgarliklarini yanada oshirish maqsadida 40-sonli umumtaʼlim maktabida tuman XTB va “Lider” oʻquv markazi bilan hamkorlikda DTM testlarini olish tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbirga DTM Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi xodimlari, xususan, boʻlim boshligʻi Muzaffar Abdullayev ham tashrif buyurdi. Test sinovlari jarayoniga tumanimizdagi jami 474 nafar abituriyentlar ishtirok etib, oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazish imkoniyatiga ega boʻldilar.

Alohida taʼkidlash kerakki, taʼlim sohasiga oid olib borilayotgan dolzarb islohotlarni tushungan holda targʻib qilish, toʻgʻri yoʻnaltirish, xalqning keng qatlami, ayniqsa, yoshlar eʼtiboriga yetkazish eng asosiy vazifalardan biridir. Yoshlarimizning kelajagini belgilovchi ushbu islohotlarni amalga oshirish uchun ulkan masʼuliyat talab etiladi.

Aytish joizki, 2019-yilning 14-may kuni Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” qarori mazkur jarayondagi munosabatlarni tartibga solishda muhim hujjat boʻldi.

Shuningdek, 2019-yil 19-dekabr kuni tegishli vazirlik va tashkilotlarning taklif va tavsiyalari asosida Oʻzbekiston Pespublikasi Taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 11-son Bayoni bilan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha fanlar majmuasi tasdiqlandi.

Maʼlumki, avvalgi yillarda test sinovlari 3 ta fandan jami 90 ta test savollari fanlar ketma-ketligi boʻyicha 1.1, 2.1, 3.1 ballar bilan baholangan boʻlsa, 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab mazkur qoida butunlay oʻzgardi, shuningdek, barcha test sinovlari topshiriladigan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha majburiy fanlar qoʻshildi. Shu tariqa 5 ta fandan test sinovlari topshirish belgilandi.

Bunday oʻzgarishlar, tabiiyki, abituriyentlardan yanada chuqurroq ilm sirlarini egallashni talab qililish bilan birga tayyorgarlik jarayonlariga katta masʼuliyat bilan yondashishni talab qiladi.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, bugungi kunda oʻtkazilayotgan diagnostik test sinovlari oldingi yillardagidan farq qiladi. Endi har bir fuqaro bu xizmatdan foydalanish imkoniyatiga ega. Buning uchun abituriyent davlat test markazining saytidan roʻyxatdan oʻtib, tegishli fanlar boʻyicha bir yoki bir nechta test topshiriqlariga buyurtma qilishi mumkin.

Bu xizmatlar abituriyent uchun juda ahamiyatli hisoblanadi. Yaʼni abituriyent test topshiriqlarining tuzilish formalari, qiyinchilik darajasi, test topshiriqlari bazasi bilan ishlaganda vaqtdan unimli foydalanishni oʻrganadi. Abituriyent test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasi bilan ishlashish koʻnikmasiga ega boʻladi va oʻzni psixologik jihatdan tayyorlab boradi.

Tumanimizdagi abituriyentlarga oʻz bilimlarini sinash imkonini bergan mazku test sinovlari shaffof tarzda oʻtkazildi. Mazkur jarayonni tashkil qilgan masʼullar endilikda har oyda bir marta abituriyentlarga ushbu imkoniyatni yaratib berishni rejalashtirishmoqda. Keyingi test sinovi mart oyining 15-sanasida oʻtkazilishi kutilmoqda.

Shu oʻrinda tumanimizdagi barcha Oliy oʻquv yurtiga kirib oʻqish istagida boʻlgan abituriyentlarga omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Charos Arslonova,

tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026