MATEMATIKA FANI OYLIGI DOIRASIDA ÖTKAZILGAN TADBIRDA AL-XORAZMIY DAHOSIGA EHTIROM KÖRSATILDI
Öz zamonasida buyuk kaşfiyotlari, ayniqsa, 1 dan 9 gaça bölgan sonlar sanoq tizimini yaratib, butun dunyoda aniq hisob-kitob amalini qöllaş ilmi bilan dovruğ taratgan buyuk alloma – algebra fani asosçisi Al-Xorazmiy nomi hamon jahon xalqlari uçun hayrat va havas uyğotadi. Çunki Muhammad Muso Al-Xorazmiy davrigaça barça sonlar sözlar orqali ifoda etilardi.
Matematika fan oyligi doirasida umutaʼlim maktablarida ötkazilayotgan tadbirlarda uluğ bobokalonimiz tomonidan amalga oşirilgan ilmiy izlanişlar, buyuk kaşfiyotlar haqida öquvçilarga batafsil maʼlumotlar berilmoqda. Oylik doirasida 38-sonli maktabda ham turli tadbirlar ötkazilmoqda.
Maktabda “Matematika osmonidagi eng yorqin yulduz - Muhammad Muso Al-Xorazmiy bobomizdan faxrlanamiz” mavzusida bölib ötgan tadbirda 2-“B”sinf rahbari Muhabbat Allaberganova buyuk bobokalonimizning jahon xalqlarini hayratga solgan kaşfiyotlari xususida qiziqarli maʼruza qildi.

Maʼruzada eʼtirof etilganidek, uluğ bobokalonimiz Al-Xorazmiy kaşfiyotining qimmati şundaki, u dunyoda ilk bora 1 dan 9 gaça bölgan arab sanoq tizimini yaratiş orqali barça sohalardagi eng çigal muammolarni hal etişga ulkan hissa qöşdi va matematika faniga 0-sonini joylaştirişga muvaffaq böldi. Al-Xorazmiy aynan ana şu kaşfiyoti uçun barça zamon va makonlarning eng buyuk matematiklari qatoridan joy oldi. Şuningdek, Al-Xorazmiy bobomiz Algebra (Al-Jabr) faniga asos solib, bir neçta masalalarni yeçişda birday qöllaş mumkin bölgan umumiy qoidalar majmuasini yaratdi. Al-Xorazmiyning sonlarni qöşiş, ayiriş, köpaytiriş, böliş amallari orqali matematik olimlar katta yutuqlarga erişdilar. Dunyo mamlakatlarida bunyod etilgan buyuk meʼmoriy obidalar, uzun, bahaybat köpriklar, baland minoralar, zamonaviy osmonöpar binolar va ularning xavfsizligini taʼminlovçi muhandislik yeçimlari ham aynan buyuk bobokalonimiz – Al-Xorazmiy kaşfiyoti mahsuli hisoblanadi.
“Algebra” sözi olimning “Al-Jabr” nomli kitobi nomidan olingan bölsa, yevropalik olimlar bir neça asrlar davomida öz hisob-kitoblarining tagiga “diksit Algoritmi” yaʼni “Al-Xorazmiy şunday deydi”, deb qöşib qöyişni özlariga şaraf deb bilişgan.
Maʼruzadan söng, öquvçilar Al-Xorazmiy dahosiga çuqur ehtirom tariqasida matematik öyinlar taşkil etişdi.
Şundan söng, “Matematika – fanlar şohi” mavzusida öquvçilar öz bilimlarini namoyiş etişdi. Qöşiş, ayiriş, böliş va köpaytiriş amallari, qiziqarli geometrik şakllar haqida şeʼrlar aytişdi. Tadbirning badiiy qismida esa öquvçilar tomoşabinlarga sahnalaştirilgan köriniş taqdim etişdi. Unda öquvçilar davrasiga Al-Xorazmiy taşrif buyurib, ularga matematik topşiriqlar berdi. Öz navbatida öquvçilar berilgan misol va masalalarni, tenglamalarni yeçişib, Al-Xorazmiy bobosidan olqiş olişdi.
Matematika fani oyligi doirasida ötkazilgan mazkur tadbir yakunida öquvçilar quvnoq kuy va qöşiqlar, raqslar ijro etişib, barçani xuşnud etişdi.
R.YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶