16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 08:19
Fan va taʼlim 👁 377

Doʻrman ovulidagi kutubxonada kitobxonlar bilan suhbat oʻtkazildi

Doʻrman ovulidagi kutubxonada kitobxonlar bilan suhbat oʻtkazildi

Kitob – bilim bulogʻi, ilmlar xazinasi deb bejiz aytilmagan. Darhaqiqat, kitob – tuganmas xazina, undan olgan bilimlarni umrning oxirigacha ham sarflay olmaymiz. Insonning undan yaqin hamrohi, doʻsti, maslahatchisi yoʻq. Negaki, u aqlni peshlaydi, taqakkurni charxlaydi. Kitob tafakkur manbai boʻlgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, muqaddas deb eʼzozlab, qadriga yetadi, sevib mutolaa qiladi.

Azal-azaldan savodxon, ilmga chanqoq tumanimiz aholisining  maʼnaviy dunyosini yanada boyitish maqsadida juda koʻplab amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Tumanimizning chekka hududlarida ham kutubxonalar tashkil qilinishi, bu kutubxonalarning homiylar tomonidan qimmatbaho, noyob kitoblar bilan boyitilishi fikrimizning yaqqol dalilidir.

Hozirgi kunda “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan Doʻrman ovul fuqarolar yigʻinida tashkil etilgan kutubxona 536 dona, Kuyuk koʻpir ovul fuqarolar yigʻinidagi kutubxona 895 dona, Qangli ovul fuqarolar yigʻinidagi kutubxona 700 dona, Qipchoq shaharcha fuqarolar yigʻinidagi kutubxona 535 dona, Gulzor mahalla fuqarolar yigʻinidagi kutubxona 605 dona kitob fondiga ega.

Doʻrman ovul fuqarolar yigʻinidagi kutubxonaga “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti xodimlari va “ATV” telekanali ijodiy guruhi tashrif buyurganida u yer kitobxonlar bilan gavjum edi. Kutubxonada mutolaa bilan band boʻlgan hududdagi 20-sonli maktab oʻquvchilari Dinora Yoʻldosheva, Charosxon Erkayeva, Ruxshona  Murodboyeva, Diana Rahimova va boshqalar bu yerdagi xizmatdan mamnun ekanliklarini bildirdilar. Tashkilot xodimlari va telekanal ijodiy guruhi tomonidan kitobxonlar bilan oʻtkazilgan suhbatda kitob oʻqish maʼnaviy olamni boyitishi, soʻzlashuv madaniyatini oshirishi, shuningdek, buyuk ajdodlarimizdan qolgan milliy boyligimizni avaylab-asrash, ularni oʻrganish va afkor ommaga targʻib qilish uchun ham kitob oʻqish lozimligi xususida soʻz yuritildi. Har qanday buzgʻunchi kuch va xurujni yuksak maʼnaviyat bilan yengish mumkinligi, kitobxonlik bugun barchamiz uchun hayotiy zaruratga aylanmogʻi kerakligi taʼkidlandi. Ushbu masalaga shaxsan davlatimiz rahbari tomonidan alohida eʼtibor qaratilib, bu borada muhim vazifalarning belgilab berilayotganligi aholi oʻrtasida yuksak maʼnaviy ong va maʼrifatparvarlikni targʻib qilish yoʻlida yangi ibrat bosqichini boshlab berganligi alohida eʼtirof etildi.

Shuningdek, Doʻrman ovulida 700 nafar, Gulzor mahallasida 200 nafar, Qipchoq shaharchasida 400 nafar, Kuyuk koʻpir ovulida 1030 nafar, Qangli ovulida 550 nafar kitobxonlar kutubxonalarda aʼzo sifatida roʻyxatda turganligi, kutubxonalarning kitob fondi yanada boyitilayotgani, tashkilot tomonidan kutubxonalar ishini yanada jonlantirish borasida keng koʻlamli ishlar olib borilayotganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi. Yaqinda Gulzor mahalla fuqarolar yigʻinidagi kutubxonadan Doʻrman ovul fuqarolar yigʻinidagi kutubxonaga 100 dona kitob olib borib berilganligi, oʻz navbatida Doʻrmandagi kutubxonadan 100 dona kitob Gulzor mahallasiga olib kelinganligi ham aytib oʻtildi. Undan tashqari, kutubxona masʼullari ham aholini kitobxonlikka jalb etish maqsadida turli tadbirlar, intellektual oʻyinlar tashkil etilayotgani, gʻoliblar ragʻbatlantirilayotgani haqida gapirdilar.

Hozirgi kunda maktablarning barchasida kutubxonalar mavjud. Lekin ularda asosan darslik kitoblar saqlanadi. Qoʻshimcha badiiy adabiyotlarni oʻqishga ixlosmand oʻquvchilar esa fuqarolar yigʻinida tashkil qilingan  ushbu kutubxonalarda xohlagan paytida oʻzlari istagan kitoblarni olib oʻqishi mumkin.

Oʻ.Reyimov.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026