16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:28
Fan va taʼlim 👁 509

Yangicha metodlar va taʼlimiy oʻyinlar taʼlim-tarbiyada samaradorlikni oshiradi

Yangicha metodlar va taʼlimiy oʻyinlar taʼlim-tarbiyada samaradorlikni oshiradi

Pedagogik faoliyat, avvalo, ijodkorlikdir. Men ham oʻz ishimga ijodiy yondashgan holda pedagogik faoliyatim jarayonida oʻquvchilarimga sidqidildan talim-tarbiya berish,  ularning kelgusida har tomonlama barkamol avlod boʻlib yetishishlari uchun bor bilim va kuch-gʻayratimni safarbar etish, sohada hech kim qilmagan yangiliklarni yaratish maqsadida harakat qilmoqdaman. Bu maqsadlarimni amalga oshirishda menga eng katta maslakdosh va yordamchi boʻladigan insonlar bu, albatta, oʻquvchilarimning ota-onalardir.


Ota-onalarga farzandlarining maktabda va dars jarayonida oʻzlarini qanday tutishlari, dars  mashgʻulotlarida qanchalik faol va qiziquvchan ishtirok etishini koʻrsatish maqsadida, ular ishtirokida  ona tili fanidan “Nima qildi? Nima qilyapti? Nima qiladi? soʻroqlariga javob boʻlgan soʻzlar” mavzusida, matematika fanidan esa “ 100-soni ichida koʻpaytirish va boʻlish”   mavzusida bir soatlik ochiq dars tashkil qildim. Ochiq darsga deyarli barcha ota-onalar qatnashishdi.
Ona tili darsida “Kichik guruhlarda ishlash”, “Kimniki toʻgʻri”, “Oʻz oʻrningni top” metodlaridan, “Moʻjizalar olami” taʼlimiy oʻyinidan foydalandim. Matematika fanini esa  oʻqish fani bilan integratsiyalashtirgan holda quyidagicha  oʻtdim:  


 “ Bor ekan-da, yoʻq ekan, Nolvoy qorovul ekan, Birvoy yasovul ekan. Ellikxon malika, Yuz sonlarning podshohi ekan. Och emas, toʻq ekanlar, ajralmas, ahil ekanlar. Archazorlar orasida ajoyib oʻrmon bor ekan. Ajoyibligi shundaki, bu yerda faqat 1dan 100gacha boʻlgan sonlar shod-u xurram yashar ekan. Oʻrmonning suvi tiniq, havosi toza, mevalarga boy ekan. Bu oʻrmonga koʻpgina hayvon-u parrandalarning havasi kelarkan-u, biroq oʻrmon shohi Yuzdan juda qoʻrqishar ekan. Chunki shoh matematikadan misol va masalalarni yecha oladigan zukko, hozirjavob jonzotlarni xush koʻrar ekan. Uning taʼrifini eshitgan hayvonlar bir kuni oʻrmonga tashrif buyuribdi. Ularni kutib olgan Nolvoy shoh Yuzning qasriga boshlabdi. Biroq buning uchun ularga “100-soni ichida koʻpaytirish va boʻlish” mavzusida berilgan  misol va masalalarni yechish kerakligi aytilibdi.”


Topagʻon va zukko oʻquvchilarim ularga misollarni yechishda yordam berib, oʻrmonga kirib baxtli yashashlariga yordam berishdi.   
    Bu kabi metodlar va taʼlimiy oʻyinlar oʻquvchilarning darsga  qiziqishini, misollarni toʻgʻri bajarishga boʻlgan intilishini oshirishga yordam beradi. Dars mashgʻulotlaridan soʻng, ota-onalar oʻzlarining ijobiy fikr-mulohazalarini aytdilar va minnatdorchilik bildirdilar.

    Sinf xonasida “Farzanding – davlating. Fazilating – ziynating”  hikmatli soʻzi ostida ota-onalar burchagini tashkil qildim. Burchakda 25 nafar oʻquvchimning har biriga alohida gul yasadim va shu gulning rasmini qoʻydim. Har chorakda oʻtkaziladigan sinf yigʻilishlariga kelgan ota-onalar oʻz farzandining bitta gul bargini boʻyab ketadi.  Oʻquv yili yakunida barcha gul barglari oʻz ranglariga ega  boʻladi. Agarda gul barglari toʻliq rangga kirmagan boʻlsa, shu oʻquvchining ota-onasi sinf yigʻilishi va mashgʻulotlariga toʻliq qatnashmaganligini anglatadi.

Shu boisdan ham ota-onalar sinf yigʻilishlariga muntazam qatnashishga harakat qilishmoqda. Oʻz navbatida men ham oʻquvchilarimning gullari kundan-kunga oʻz rangini topayotganidan va qoʻllayotgan pedagogik usullarim samara berayotganidan juda xursandman.

Dildor Karimboyeva, 50-sonli maktabning boshlangʻich sinf oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026