Fan oyligi – izlanuvçanlikka çorlaydi
Umumtaʼlim maktablarida mana bir neça yillardan buyon har bir öquv predmeti böyiça fan oyliklari ötkazib kelinmoqda. Bundan dars va darsdan taşqari ötkaziladigan tadbirlarni taʼlim-tarbiyadagi ahamiyati, öquvçilarni mazkur fanga bölgan qiziqişlarini oşiriş, bilim samaradorligini kötariş, hozirgi zamon fan va texnikasi yutuqlari bilan doimo taniştirib boriş kabi maqsadlar közlanadi.
Fan oyliklari davomida öqituvçi va öquvçining ijodiy hamkorligi tarğib etiladi, fan böyiça öquv-metodik işlar jonlantirilib, öqituvçilar ijodiy faoliyatlari kuçaytiriladi. Izlanuvçan, ijodkor öqituvçilarni aniqlanadi va ularning tajribalarini örganilib, tarğibot qilinadi, taʼlim jarayonida qöllayotgan uslublari takomillaştiriladi.

Fan oyligi taʼlim muassasalaridagi öquv-tarbiya jarayonining zamonaviy talablar darajasida bölişini taʼminlaş, fan öqituvçilarining pedagogik mahoratini oşiriş, ularning ijodiy izlanişlari va mehnatlarini röyobga çiqariş omili hamdir.
31-sonli umumiy örta taʼlim maktabida mazkur oy davomida matematika va informatika fanlari oyligiga bağişlangan tadbirlar qizğin tarzda ötkazilmoqda.
Maktabda samarali faoliyat yuritib kelayotgan matematika fanidan 6 nafar, informatika fanidan 2 nafar pedagog-öqituvçilar fan oyligi davomida faollik körsatdilar. Şuningdek, matematika fani xonasi zarur körgazmali-didaktik materiallar bilan jihozlandi, ota-onalar bilan maktabning hamkorligini jonlantiriş, ularni fandagi yangiliklar, taʼlim tizimidagi özgarişlar, öquvçilarning özlaştiriş va bilim samaradorligi körsatkiçlari bilan taniştiriş kabilarga qaratilgan qator işlar amalga oşirildi. Öquvçilarning fanga bölgan qiziqişlarini yanada orttiriş maqsadida dars jarayonida AKT ni va innovatsion pedtexnologiyalarni qöllab oçiq darslar ötkazildi. Ayniqsa, fanga oid devoriy gazetalar çiqarilib, unda qiziqarli maʼlumotlar, internet sahifalaridan olingan fan yangiliklari yoritilib borilgani öquvçi va öqituvçilarga juda manzur böldi.

Matematika fan oyligida öquvçilar bilan sinfdan taşqari vaqtda ularning olgan bilim, könikma va malakalarini mustahkamlaş, fanga bölgan qiziqişlarini oşiriş maqsadida, boşlanğiç sinflarda “Matematika – fanlar şohi”, 5-sinflar orasida “Kasrlarning sehrli olami”, 6-sinflararo “Matematika va arifmetika”, 7-sinflarda “Quvnoq matematika” kabi qiziqarli mavzularda tadbirlar ötkazildi.
Fan oyligi davomida ötkazilgan barça tadbirlar, öquvçilardagi ijodiy qobiliyatni rivojlantiriş, bilimlarini yanada oşirişda katta ahamiyat kasb etadi.
Nilufar Maşaripova,
31-sonli maktabning 1-toifali
matematika fani öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶