“Çordara” mahallasida deputatlar iştirokida sayyor qabul ötkazilib, aholi muammolari örganildi
Özbekiston Respublikasi Oliy majlis Qonunçilik palatasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi va mahalliy Kengaşlar deputatlari joylarga borib, aholi bilan uçraşuvlar ötkazişmoqda. Ularni qiynayotgan muammolarni örganib, öz vakolatlari doirasida hal qilişga va tegişli joylarga yetkazişga harakat qilişmoqda.

Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati - Özbekiston Liberal demokratik partiyasi tuman Kengaşi deputatlik guruhi aʼzolari tomonidan ham tumandagi “Çordara” mahallasida mavjud muammolarni örganiş, ularning yeçimini topişda va bartaraf etilişida kömaklaşiş maqsadida fuqarolar uçun sayyor qabul taşkil etildi.
Sayyor qabulda partiyaning tuman Kengaşi apparat rahbari Muqaddas Beknazarova, deputatlik guruhi aʼzolari, tuman Kengaşi deputati Muyassar Rahmatullayeva, Jöqorği Kenges deputati Quvonç Boymurodovlar qatnaşdilar. Şuningdek, tuman Adliya bölimi boşliği Möminjon Matyusupov ham iştirok etdi.

Sayyor qabulda tuman Adliya bölimi boşliği Möminjon Matyusupov aholiga dastlab yangi davrning muhim talabi sifatida inson huquq va erkinliklarini, uning qonuniy manfaatlarini taʼminlaş – bugungi kundagi islohotlarning boş ğoyasiga aylanganini taʼkidladi. Şuningdek, fuqarolarning huquqiy ong va madaniyatini yuksaltiriş jarayonida ularda qonunlarga nisbatan hurmat hissini mustahkamlaş, har bir fuqaro öz huquqlari bilan birga huquqiy majburiyatlarini ham bajarişi lozimligini tuşuntirib ötdi. Şuningdek, fuqarolarning huquq va burçlari, majburiyatlari, murojaat qiliş tartibi töğrisida ham maʼlumotlar berib ötdi.
Sayyor qabulda iştirok etayotgan partiyaning tuman Kengaşi deputatlik guruhi aʼzolari ham mamlakatning taraqqiyoti mazkur davlat hududida istiqomat qiluvçi fuqarolarning qonunlardan va boşqa normativ-huquqiy hujjatlardan qançalik xabardorligi va uşbu qonunlarga nisbatan munosabatiga boğliqligini, aholining huquqiy madaniyatini doimiy ravişda yuksaltirib boriş, respublikamizdagi barça davlat organlarining asosiy vazifalaridan biri ekanligini eʼtirof etişdi.

Hamkorlikda ötkazilgan sayyor qabulda fuqarolardan köplab taklif va murojaatlar tuşdi.
Uşbu hudud aholisi asosan gaz bosimi pastligi muammo bölayotganini bildirişdi va amaliy yordam sörab murojaat qilişdi. Hududdagi muammolarning yeçimini topişda kömak beriş maqsadida iştirok etayotgan tuman Elektr tarmoqlari korxonasi, “Qoraqalpoqgaz” tuman filiali mutasaddilari bu borada aholini qiynayotgan savollarga javoblar berişdi.
Sayyor qabul davomida aholi fikrlari, takliflari örganilib, amaliy natija uçun çoralar köriladigan böldi.
Yuqoridagi muammolarni ijobiy hal etiş maqsadida deputat tomonidan tegişli taşkilotlarga deputatlik sörovlari yuborildi.
Joylarda davom etayotgan bu kabi sayyor qabullarda köplab muammolar ijobiy hal etilmoqda. Davlat organlari rahbarlarining aholi bilan yuzma-yuz uçraşib, muloqot qilişi ularning huquqiy madaniyatini yuksaltiriş, hayotdan rozi bölib yaşaşida muhim omil bölmoqda.
Ozoda Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶