MUSIQA MAKTABIDA OʻTKAZILGAN SINF KONTsERTIDA OʻQUVChILARNING MUSIQIY BILIMI NAMOYISh ETILDI
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbusning biri oʻsib kelayotgan yosh avlod qalbida sanʼatga mehr-muhabbat uygʻotish, ularni musiqa va madaniyat maskanlariga qamrab olish, ayniqsa, sanʼatga oshufta yoshlarning iqtidorlarini rivojlantirishga qaratilgani bilan oʻta muhim ahamiyatga ega.
Tumanimizdagi 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida sanʼatga qiziquvchi yoshlarga taʼlim-tarbiya berish, iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash borasida olib borilayotgan nazariy va amaliy mashgʻulotlar alohida musiqiy qobiliyatga ega yoshlarni kashf etish imkonini bermoqda.
Shoh va shoir, matonatli sarkarda, musiqa ilmining fidoyisi, serqirra olim-u fuzalo Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan maktabning Xalq cholgʻu boʻlimi oʻquvchilari ishtirokidagi sinf kontsertida mumtoz va hozirgi zamon kuylari mahorat bilan ijro etildi.
Xalq cholgʻulari boʻlimi oʻqituvchilari Mustafo Rahimov, Soatboy Yoʻldoshev va Shoira Yoqubovalar hamkorlikda tayyorlagan sinf kontsertida maktabning dutor va gʻijjak sinfi oʻquvchilaridan iborat dutorchilar ansambli tomonidan hamda gʻijjak sinfi oʻquvchilari joʻrligida ijro etilgan mumtoz navolar, ustoz-shogird anʼanalari asosidagi milliy va jahon xalqlari kuy-qoʻshiqlari, raqslari tadbirga ajib ruh bagʻishladi.
Boʻlib oʻtgan sinf kontsertida oʻquvchilar oʻzlarining nafaqat musiqiy bilimlarini, balki mumtoz adabiyotimizning yirik namoyandasi Z.M.Bobur ijodiga cheksiz mehr-muhabbatini ham ifoda etishdi.
Muyassar XALILLAYeVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶