“BOBUR – UMUMARMIYa YoShLARI NIGOHIDA” NOMLI INShOLAR TANLOVI OʻTKAZILDI
Yaqinda tumanimizda faoliyat olib borayotgan Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari tarkibidagi 9202 “D” harbiy qismi xizmatchilari va ushbu qismda muddatli harbiy xizmatini oʻtayotgan askarlar orasida shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligi munosabati bilan “Bobur – umumarmiya yoshlari nigohida” mavzusida insholar tanlovi oʻtkazildi.
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan ushbu tanlov yoshlar qalbida vatanparvarlik tuygʻularini oshirish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni maʼnaviy-axloqiy va harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, unda mamlakat suvereniteti va mustaqilligini himoya qilish burchini shakllantirish, qadimiy va betakror diyorimizdan yetishib chiqqan buyuk bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Boburning jasurligi, ibratli hayotini har tomonlama chuqur oʻrganish va targʻib etish, yoshlarimizda oʻzlikni anglash, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular oʻrtasida mamlakat chegarasi sarhadlarini qoʻriqlashdagi mardlik va jasorat tuygʻularini keng ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan.
Tanlov natijalari 40 ballik tizimda, inshoda orfografik va grammatik xatolar mavjudligi, inshoning uslubiy jihatdan toʻgʻriligi va berilgan mavzu gʻoyasining toʻliq ochib berilganligi, taʼsirchan yozilganligi kabi mezonlari asosida baholandi.
Natijalarga koʻra, ushbu qismda muddatli harbiy xizmatda burchini oʻtayotgan askar M.Akbarov birinchi oʻringa loyiq deb topildi va tashkilotchilar tomonidan diplom, sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Fazliddin MAHAMADIYeV,
9202 “D” harbiy qism xizmatchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶