14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 20:46
Fan va taʼlim 👁 395

“Jayxun ilhomlari” NNT tomonidan 44-sonli maktabda maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

“Jayxun ilhomlari” NNT tomonidan 44-sonli maktabda maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus yoshlar hayotida muhim rol oʻynaydi. Beshta muhim tashabbus yoshlarning ongli va bilim darajalari yuqori boʻlib oʻsib ulgʻayishida katta imkoniyatlar eshigini ochib beradi.

Tumanimizda faoliyat yuritayotgan “Jayxun ilhomlari” NNT tomonidan bu beshta muhim tashabbusning mazmun-mohiyatini maktab oʻquvchilari, yoshlar, keng jamoatchilik orasida targʻibot qilish maqsadida ish rejalar tuzilib, amaliy ishlar bajarilmoqda. Tashkilot tomonidan shu maqsadlarni amalga oshirish uchun joylarda turli uchrashuvlar, tadbirlar tashkil etilmoqda.

Tashkilot ish rejasiga muvofiq tumanimizdagi 44-sonli umumtaʼlim maktabida “Mahorat maktabi” tadbiri oʻtkazildi. Unda maktabdagi adabiyot, badiiy ijodga havas qoʻygan, tasviriy sanʼat yoʻnalishidagi iqtidorli oʻquvchilar jam boʻlishdi. Maktabning oʻzbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Manzura Sultonova hamda “Jayxun ilhomlari” NNTdan tashrif buyurgan ijodkorlar oʻquvchilarga nasr va nazm sirlari haqida soʻzlab berishdi.

Uchrashuv davomida maktabdagi juda koʻp oʻquvchi-yoshlarning ijodga qiziqishi namoyon boʻldi. Maktabning 5-sinf oʻquvchilaridan Akrom Koʻklanov, Sevinchoy Murodboyeva, 6-sinf oʻquvchilaridan Asaloy Qurbonboyeva, Xurshida Oʻrinboyev, 7-sinf oʻquvchisi Poza Shomurodova, 10-sinf oʻquvchilaridan Surayyo Pajabova, Diyora Erimbetova, Sohiba Ahmadjonovalar oʻzlarining yangi yozgan sheʼrlaridan oʻqib berdilar. Ularning ustozi, oʻzbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Manzura Sultonova ham oʻzining ijod namunalaridan  bizga taqdim etdi.

Mazkur umumtaʼlim maktabida hozirgi kunda 530 nafar oʻquvchi taʼlim-tarbiya olib, bilim sirlarini egallamoqda. Maktabda faoliyat yuritayotgan 49 ta fan toʻgaraklariga 509 oʻquvchi jalb qilingan. “Tilshunoslik” fani toʻgaragining 64 nafar, “yosh adabiyotshunoslar” toʻgaragining 30 nafar aʼzolari borligi ham maktabda koʻplab yosh adabiyotshunoslarning yetishib chiqayotganligidan dalolat beradi.

Shuningdek, maktabdagi “Yosh rassomlar” toʻgaragida fan oʻqituvchisi Maqsuda Xolimbetova tasviriy sanʼatning sir-asrorlarini oʻrgatmoqda. U oʻzidagi bor iqtidorni shogirdlariga singdirish uchun astoydil mehnat qilmoqda. Fidoyi ustozning samarali mehnati natijasida yosh rassomlardan 8-sinf oʻquvchisi Sodiqjon Ismoilov, 5-sinf oʻquvchisi Akmal Jumamurodovlar tuman, respublika miqyosidagi tanlovlarda ishtirok etib, munosib oʻrinlarni egallab kelishmoqda. Yosh rassomlarning tasviriy sanʼat sohasidagi bilimlari kishini hayratga soladi. Bularning barchasi uzluksiz izlanishlar natijasidir. Yosh iqtidor egalarning mahorati, tasviriy sanʼatni puxta oʻrgangani chizgan rasmlarida ham aks etgan.

Maktabning oʻqituvchi va oʻquvchilari yangilik sifatida yaqinda teatr va sanʼat toʻgaragi oʻz faoliyatini boshlashi toʻgʻrisida aytib oʻtishdi. Bu quvonarli hol, albatta.
Bir soʻz bilan aytganda, mazkur umumtaʼlim maktabida yosh avlodning kelajakda yetuk mutaxassislar boʻlib yetishishlari uchun ularning ustozlari tomonidan namunali ishlar  olib borilmoqda.

Xuddi shunday tadbir 11-sonli umumtaʼlim maktabida ham oʻtkazildi. Hozirgi kunda 940 nafar oʻquvchi bilim olayotgan ushbu maktabdagi ijodkor, iqtidorli oʻquvchilar mazkur tadbirda katta qiziqish bilan qatnashdilar.

Tadbirda dastlab oʻqituvchilar oʻquvchilarning bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida 16 ta fan toʻgaraklari muntazam ishlab turganligi, bu toʻgaraklarga 480 nafar oʻquvchi jalb qilinganligi toʻgʻrisida soʻzlab oʻtdilar. Birgina adabiyot va badiiy ijod yoʻnalishida 7 toʻgarak tashkil etilganligini oʻquvchilar ham mamnuniyat bilan eʼtirof etdilar.

Maktab kutubxonasida yosh ijodkorlar bilan oʻtkazilgan suhbatda 6-sinf oʻquvchilaridan  Yorqinoy Kenjaboyeva, Madina Hayitjonovalar oʻzlarining yangi yozilgan sheʼrlaridan oʻqib berdilar, 10-sinf oʻquvchisi Iroda Oymirzayeva oʻzi yozgan hikoyani soʻzlab berdi. Musiqaga havas qoʻygan 10-sinf oʻquvchisi Ogʻabek Xasanov esa jonli ijroda qoʻshiq kuyladi.Oʻquvchilarning samarali ijod qilishida maktabning oʻzbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchilari Guloyim Begjanova, Matluba Qurboniyazovalar yaqindan yordam berib kelishmoqda

 Shuningdek, maktabda har bir muhim sanalar munosabati bilan tadbirlar oʻtkazilib turiladi. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus katta imkoniyatlar ekanligi ham oʻquvchilarga muntazam ravishda keng miqyosda tushuntirilmoqda.

Tumanimizdagi barcha umumtaʼlim maktablarida oʻquvchilarning har tomonlama bilimli, tashabbuskor inson boʻlib yetishishlari uchun barcha imkoniyatlar eshigi keng ochilgan. Yosh avlod vakillari ham oʻz navbatida ilm samarasi sifatida oʻz iqtidorlarini turli yoʻnalishlarda namoyon etib kelmoqdalar. Oʻquvchilarning bu gʻoyalari va tashabbuslari boshqalar tomonidan qoʻllab-quvvatlanmoqda.

Oʻrozali PEYIMOV.
“Jayxun ilhomlari” NNT raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40 YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40 YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019