16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 12:09
Fan va taʼlim 👁 398

Shogirdlar yutugʻi ustozga faxr va iftixor baxsh etadi

Shogirdlar yutugʻi ustozga faxr va iftixor baxsh  etadi

Buyuk  mutafakkir bobomiz  Alisher  Navoiy “Haq  yoʻlida  kim  senga   bir  harf  oʻqitmish  ranj  ila, aylamak boʻlmas ado oning haqin yuz ganj ila”, deya ustozning ming mashaqat bilan  bergan bilimlarini ming boylik va pullar bilan ado qilib boʻlmaydi, deya taʼriflaganlar. Ha, shogirdi kamoli uchun jon kuydirib mehnat qiladigan ustozlarni har qancha taʼriflasak ham oz.

46-sonli  maktabning  ingliz  tili  fani  oʻqituvchisi Nodira Yoʻldosheva  bilan  mana  bir necha  yildirki, shu  dargohda  birga  ishlab  kelmoqdamiz. U Beruniy  tumanidan  Qilichboy qishlogʻimizga  kelin boʻlib tushdi. Oilali, uchta farzandning mehribon onajoni. Oʻtgan yillar davomida u maktabimizda ingiz tili fanidan dars berish bilan birga oʻquvchilarning sevimli ustoziga aylanishga ulgurdi.

Albatta, yoshlikda koʻpchilik oʻzining oʻqituvchilariga havas  qiladi. Chunki  oʻqituvchilar oʻquvchilar uchun dunyodagi barcha yaxshi fazilatlarni oʻzida  mujassamlashtirgan, fidoyi  va  kamtarin  inson, shu bilan birga mukammallik  timsoli boʻlib tuyuladi.
- Men ham oʻqituvchilarimga havas qilib, shu kasbni tanladim, - deydi  Nodira  Yoʻldosheva.

Tarixdan  maʼlumki, buyuk  ajdodlarimiz  va  allomalarimiz  koʻp  tilni  oʻrganish  orqali  dunyoviy  bilimlar  rivojiga  munosib  hissa   qoʻshgan.  Til  bilgan – el  biladi, deydi  dono xalqimiz.  Shu boisdan ham chet  tillarni  oʻrganish  tizimini  yanada takomillashtirish boʻyicha butun mamlakatimizda boʻlgani kabi bizning tumanimizdagi maktablarda ham koʻpgina chora-tadbirlar amalga oshirilayapti. Fan xonalari  qaytadan  jihozlanib, AKT vositalari, koʻrgazmali qurollar bilan taʼminlandi. Darslar  ham soʻnggi  pedagogik  texnologiya, multimediya  vositalari asosida  qiziqarli qilib  oʻtilmoqda. Fidoyi ingliz tili fani oʻqituvchisi Nodira  Yoʻldosheva esa bunday imkoniyatlardan foydalanib, munosib shogirdlar yetishtirmoqda. Maktabning 10-sinf  oʻquvchisi Chinora  Tojiboyeva  uning umidli shogirdlaridan biri.

U ingliz  tili darsiga juda qiziqadi. Uyga  berilgan  vazifalarni  mukammal  bajarishga intiladi, fan toʻgaragiga muntazam qatnashadi. Tajribali   muallima Nodira esa oʻquvchisining chet tilini yanada chuqur egallashi  uchun  qoʻshimcha  adabiyotlar, test  savollari, badiiy  adabiyotlar  olib  berib, u bilan alohida  shugʻullanadi.  

Ustoz va shogirdning  mehnatlari oʻz samarasini berib kelmoqda. Chinora ingliz tili fanidan oʻtkazilib kelinayotgan “Bilimlar bellashuvi”, ”Fanlar   olimpiadasi”da yuqori natijalarga erishib kelmoqda. Oʻtgan oʻquv  yilida u  9-sinflar oʻrtasida ”Fanlar   olimpiadasi”ning saralash bosqichida gʻolib boʻldi. Tuman  bosqichida 86 ball bilan  faxrli birinchi oʻrinni egalladi va Respublika bosqichida  ishtirok  etdi. Bu yilgi oʻquv yilida ham tuman bosqichida 82,9 ball bilan ikkinchi oʻrinni egallab, Respublika bosqichida qatnashishga yoʻllanma oldi. Albatta, bu natijalar ortida ustozning  zahmatli mehnatlari bor.

Shogird  yutugʻini koʻrish, ulardan  zavq olish – ustozga faxr va iftixor baxsh  etadi. Nodira va uning shogirdi Chinoraxonga yutuqlari bardavom boʻlishini tilab  qolamiz.

Gulxumor  ShOMURODOVA,
46-sonli maktab oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026