22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 04:10
Fan va taʼlim 👁 628

Tumanimiz maktablari PISA va PIRLS xalqaro baholash dasturlari haqidagi qoʻllanmalar bilan taʼminlandi

Tumanimiz maktablari PISA va PIRLS xalqaro baholash dasturlari haqidagi qoʻllanmalar bilan taʼminlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi, Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi, Xalq taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda xalqaro PISA va PIRLS baholash dasturlari haqida tayyorlangan toʻrt nomdagi metodik qoʻllanmalarni ishlab chiqib, amaliyotga tatbiq etishga tavsiya etgan edi. Ushbu qoʻllanmalar tumanimizdagi 87 ta umumtaʼlim maktablariga yetkazib berildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib, PISA xalqaro dasturi reytingida jahonning birinchi 30 ta ilgʻor mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish hamda xalq taʼlimi tizimida taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish vazifalari yuklatildi. Shu bilan birga, muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida 2021-yildagi xalqaro baholash jarayonlariga tayyorgarlik koʻrish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.

“Xalqaro tadqiqotlarda oʻquvchilarning oʻqish savodxonligini baholash”, “Xalqaro tadqiqotlarda oʻquvchilarning matematik savodxonligini baholash”, “Xalqaro tadqiqotlarda oʻquvchilarning tabiiy fanlar boʻyicha savodxonligini baholash”, “Xalqaro tadqiqotlarda boshlangʻich sinf oʻquvchilarining oʻqish savodxonligini baholash” nomli mazkur metodik qoʻllanmalar ishlab chiqildi. Mamlakatimizdagi oʻquvchi-yoshlar savodxonligini baholash boʻyicha xalqaro PISA tadqiqoti hamda boshlangʻich 4-sinf oʻquvchilarining oʻqish savodxonligini baholash, PIRLS tadqiqoti haqida umumiy tushunchalar, asosiy tamoyillar haqida maʼlumotlar beradigan ushbu qoʻllanmalar oʻquvchilarda amaliy koʻnikmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Metodik qoʻllanmalarni ishlab chiqishda oʻqituvchilar va oʻquvchilarning PISA va PIRLS tadqiqotlari haqidagi tasavvurlarini boyitish, xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik darajasini oshirish, oʻquvchilarning ijodiy va mantiqiy fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirish, shu orqali taʼlim sifatini oshirishga hissa qoʻshishiga erishish maqsad qilingan boʻlib, uning ahamiyati katta.

Ushbu qoʻllanmalarning ahamiyati shundaki, ulardagi topshiriqlar namunalari respublikadagi bir nechta maktablarda tajriba-sinovdan oʻtkazilib, takomillashtirilgan holda nashr etilgan. Ushbu qoʻllanmalardan sinfdan tashqari va toʻgarak mashgʻulotlari davomida yoki mustaqil ravishda oʻquvchilarning savodxonligini oshirish, berilgan topshiriqlarni yechish orqali ularda ijodiy, mantiqiy fikrlash, hayotiy muammolarni hal qilish koʻnikmalarini rivojlantirishda hamda 2021-yilda oʻtkaziladigan xalqaro PISA va PIRLS tadqiqotlariga tayyorgarlik koʻrishda foydalanish tavsiya etiladi.

Qoʻllanmalar umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining oʻqituvchilari va oʻquvchilari, xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasalarining tinglovchilari hamda sohaga qiziqqan mutaxassislar uchun moʻljallangan boʻlib, taʼlim samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

R.XOLMURODOV,
tuman Xalq taʼlimi boʻlimi taʼlim sifati monitoringi bosh-inspektor metodisti.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026