OLIS MANZILIMIZ YaQIN BOʻLDI
Mamlakatimizda xalqimizning yanada farovon, tinch-osuda, davlatdan rozi boʻlib yashashlari uchun olib borilayotgan izchil islohotlar tufayli inson omiliga eʼtibor tobora oshib bormoqda. Buni, avvalo, xalqimiz hayotida yuz berayotgan oʻzgarishlarda koʻrish mumkin.
Tumanimizning chekka qishloqlari – Qangli ovuli, Qumyop, Uyshin mahallalari, shuningdek, qardosh Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh Jumaboy Sogʻa, Boʻz, Chunoq aholi punktlarida yashovchi aholi uchun Mangʻit shahriga kelib-ketish azaldan muammo edi. Ancha yillardan beri kirakash haydovchilar xizmatidan foydalanib kelayotgan mazkur ovul va mahallalarda istiqomat qiluvchi aholi tuman markaziga borishlari uchun baʼzan yarim, baʼzan bir kunlik vaqtini yoʻlga sarflar, yoʻl haqi ham qimmat edi.
Yaqinda xalqimizni qiynab kelayotgan ushbu muammo oʻz yechimini topdi. Tuman hokimining begʻaraz yordami bilan ovul va mahallalarimizni oralab oʻtuvchi avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi. Har ikki soatdan tuman markaziga kuniga 6 ta qatnovni amalga oshirayotgan “KK agromashtrans Chimboy” DUKga qarashli avtobus haydovchilari Hamidjon Abdukarimov, Nurbek Salayevlardan aholi mamnun. Ular belgilangan soatlardan kechikmay, xalqimizga transport xizmatini koʻrsatishmoqda. Aholi esa zamonaviy sharoitlarga ega “Isuzu” avtobuslarida bemalol tuman markaziga borib, oʻz ishlarini tez va sifatli bajarishga erishmoqdalar.
Ayniqsa, Qipchoq shaharchasidagi 21-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabiga, kollejlarga qatnab oʻqiyotgan farzandlarimizning oʻquv maskanlariga bexavotir borib-kelishlari uchun bu juda katta imkoniyat boʻldi.
R.GAYIPNAZAROVA,
61-sonli umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶