25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 23:41
Jamiyat 👁 241

PEShONASI YaRQIRAGAN YuRT

PEShONASI YaRQIRAGAN YuRT

Dunyo mamlakatlari bilan har tomonlama solishtirib koʻrsak, Alloh bizga nasibu-roʻz aylagan jonajon Oʻzbekistonimizni peshonasi yarqiragan yurt, salkam qirq millionlik ona xalqimizni iqboli kulgan xalq, deya faxrlansak arziydi. Allohim bizga nafaqat yer yuzining jannatini Vatan qilib bergan, jahon tamadduniga katta hissa qoʻshgan alloma-yu shoirlarni, noyob isteʼdod-u yuksak maʼnaviyat sohiblarini ham vatandosh qilib bergan.

Muhtaram Birinchi Prezidentimiz I.Karimovni ham el-yurtimiz istiqboli uchun tugʻilgan, butun hayot yoʻli, yozgan asarlari-yu har bir aytgan gapi barchamiz uchun ibrat yoʻliga aylangan, chin maʼnoda elim deb, yurtim deb yonib yashagan xalq otasi edi, desak haqlimiz.

Tarixdan maʼlumki, bir paytlar Iosif Vissarionovich Stalin “Xalqlar otasi” boʻlishni orzu qilgan. Bu orzusiga cheksiz zulm va zoʻravonlik bilan ham erisha olmagan. Insoniyat tarixida uning xalqlar boshiga poyonsiz musibatlar solgan “qora quyosh” degan tavqi-laʼnat bilan nomi qolgan.

Ne ajabki, Muhtaram Birinchi Przidentimiz I.Karimov hech qachon “otalikni” daʼvo qilmagan, lekin butun xalq tirikligidayoq dilida ham, tilida ham uni “otamiz”, deya eʼtirof etdi. Biron nohaqlik yoki zulmga duch kelsa, “Karimov otaning  oldiga boraman” deb ahdlanar va bu ahd picha boʻlsa ham nohaqlik va zulm yoʻlini qirqardi. Ha, bolalar otalariga ishonib suyanganlari kabi, madad soʻraganlari kabi xalqimiz ham Islom otamizni najotkorimiz deb bildi.

Mustaqilligimizning ilk yillarida mamlakatimiz qashshoqlik, qahatchilik va qimmatchilikni boshdan kechirdi. Buning ildizi esa 74 yillik paxta yakkahokimligi va mustabid tuzum edi, albatta. Talabalik yillarim oʻsha davrlarga toʻgʻri kelgan. Boʻm-boʻsh peshtaxtalar, doʻkonlar, puliga kiyim-kechak u yoqda tursin, hatto non yoki un topolmay, har tomonga tentiragan odamlar xotiramda qolgan. Muhtaram Birinchi Prezidentimiz oʻsha ogʻir yillarda xalqni otalarcha panohiga oldi. 4-5-yillar chamasi oʻquvchilar va talabalar bepul tushlik bilan taʼminlandi. To hozirgi kunimizgacha maxsus taʼminot doʻkonlari (jon boshiga oʻlchab berilsa ham) xalqimizni arzon un va yogʻ bilan taʼminlab keldi.

Hatto 2000-yillarda ham ishlab chiqarish unchalik taraqqiy etmagandi. Bir voqea hech esimdan chiqmaydi. Akam “Mangʻitda qand ishlab chiqarib boshlashibdi”, – deb uyimizga oq qand olib keldilar. 4-5 yashar jiyanim har biri mushtdek keladigan “kallaqand”lardan birini ushlab koʻrib: “Bu nima oʻzi?” deb hayratlanib soʻradi. “Bu – oq qand”, - dedim kulib. “Uni nima qilamiz?” deb soʻradi qiziquvchan jiyanim. “Avval boʻlib, boʻlagini choyga solib ichamiz”, - deb tushuntirdim-u, tugʻilganidan beri shakar-u qattiq konfetdan boshqa shirinlik koʻrmagan jiyanimga qarab xoʻrligim keldi...

Har yili mustaqillik darslarida oʻsha yillardagi koʻpgina voqealarni, shart-sharoitlarni oʻquvchilarimga gapirib bersam, baʼzi oʻquvchilarim:
- Xuddi ertak aytayotganga oʻxshaysiz, ustoz, – deyishadi ishoninqiramay.

- Men bularni sizlarni hayratga solish uchun aytayotganim yoʻq. Bugungi toʻkin-sochin hayotimizning qadriga yetishingiz uchun, sabr-bardoshli, andishali, qanoatli va mehnatkash ota-onalaringizga loyiq farzand boʻlishingiz uchun aytayapman, - deyman.

Mana bu yil mustaqilligimizning 29 yilligini qarshilaymiz. Uning 25-yili muhtaram Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov nomi va ezgu ishlari bilan chambarchas bogʻliqdir. Islom Karimov otamizning 82 yosh – tavallud kunlarida koʻpmillionli vatandoshlarimiz dilidagi va tilidagi eʼtiroflarni qogʻozga tushirgim keldi. Ilohim, el-yurtini aziz qilgan ul zotni Allohimning oʻzi aziz-u mukarram qilsin, yotgan joylari yorugʻ boʻlsin, poylari behishtdan boʻlsin, iymonlari hamroh boʻlsin. Birinchi Prezidentimiz yaxshidan bogʻ qoladi deganlaridek, qashshoq xalqimizni boyitib, el-yurtning qaddini koʻtarib, Oʻzbekistonimizni dunyoga tanitib, deyarli hammani mashinali qilib ketdi...

I.Karimov otamizning vafotlaridan  keyin hamma vatandoshlarimiz qalbida “Yurtimiz taqdiri endi qanday boʻladi, shunday salohiyatli inson, albatta, oʻziga munosib shogirdlar, vorislar tayyorlaganlir”, - kabi hadik-xavotirlar bor edi.

Allohimga beadad shukurlar boʻlsinki, Yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev gʻayrat-shijoati, mehr-oqibati, yuksak salohiyati-yu, idroki bilan keyingi 4-5-yil ichida Oʻzbekistonimizni butkul oʻzgartirib, mudroq qalblarni uygʻotib yubordi. Odamlar umr boʻyi orzu qilgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar xuddi ertaklardagidek roʻyobga chiqmoqda, ommaviy axborot vositalarida xalq oʻz dardini, kamchiliklarini aytib, otasiga arzi-hol qilgan farzandlarday davlatimiz rahbaridan yordam soʻramoqda. Prezidenimiz Sh.Mirziyoyevning nogironlarga, muhtojlarga, qolaversa, har bir fuqaroga begʻaraz yordamini, mehrini, eʼtiborini koʻrib, toʻlqinlanib ketaman. Bu qadar otalarcha gʻamxoʻrlikni ayrim otalar oʻz farzandlariga ham berishga qodir emas yoki ravo koʻrishmaydi.

Tarix shuni yana bir marta isbotladiki, Stalin kabi shafqatsiz diktator erisholmagan, “Xalqlar otasi” degan  eʼtirofga Yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev mehr-oqibati, ezgu amallari bilan sazovor boʻlmoqda. Bugun 140ga yaqin millat vakillari ahil va osoyishta istiqomat qilayotgan salkam 40 millionlik Oʻzbekiston xalqi dil-dilidan Yurtboshimiz Sh.Mirziyoyevni otamiz deb ishonishadi va suyanishadi. Hatto dunyo hamjamiyati ham Prezidentimizning yuksak salohiyatini, ezgu amallarini tan olmoqda.

Ozarbayjonda Sh.Mirziyoyevning “2019-yil odami” deb eʼtirof qilinishi hammamizning faxr-u iftixorimizdir. Yaxshilikning, yaxshi insonlarning sharofati shundaki, ularni koʻrgan millionlab insonlar taʼsirlanadilar, ibrat olishga, oʻzlari ham imkoni yetganicha ezgulik ulashishga intiladilar.
Yurtimizda yaxshilar ham, yaxshiliklar ham koʻpaymoqda. Peshonasi yarqiragan jannatmakon yurtimizni, Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevni Allohimning oʻzi yomon koʻzlardan asrasin, umrlari uzoq boʻlib, kuch-gʻayratga toʻlib, xalqimizni, Yangi Oʻzbekistonni taraqqiyot sari boshlab boraversinlar.

Hulkaroy XOʻJANIYoZOVA,
40-sonli maktab oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026