16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 12:10
Jamiyat 👁 286

“ZUKKO KITOBXON” TANLOVI YoShLARNI BARKAMOLLIKKA UNDAYDI

“ZUKKO KITOBXON” TANLOVI YoShLARNI BARKAMOLLIKKA UNDAYDI

Kitob – insonning eng yaqin doʻsti, maslahatgoʻyi. Baʼzan hayotda topa olmaydigan mohiyatlarni kitoblardan topamiz. Shuning  uchun ham turmushdagi ziddiyatlarni yengib oʻtishda biz kitob mutolaasidan kuch olamiz.

Yoshlar ongini buzgʻunchi gʻoyalardan muhofaza qilish, turli xil “axborot xurujlari”dan himoyalanish uchun mafkuraviy immunitetni oshirish muammosi ham oʻnlab kitoblarda oʻz aksini topgan. Bunday kitoblarni qunt bilan mutolaa qilganlarning “axborot xurujlari”ga qarshi immuniteti yuqori darajada boʻladi. Shu bois mamlakatimizda yosh avlodni kitob mutolaasiga jalb etish, kitobxonlikka qiziqishlarini oshirishga alohida eʼtibor qaratildi va koʻplab samarali ishlar amalga oshirildi.  

76-sonli umumtaʼlim maktabida boʻlib oʻtgan “Zukko kitobxon” tanlovida kitobxon yoshlar bu haqda toʻlib-toshib gapirdilar. Necha ming yillardan buyon insonlarga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatib kelayotgan, ularning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va baxtli boʻlishining muhim omili – bu kitobga doʻst boʻlish, va  kitob oʻqishni kanda qilmaslik kerakligini soʻzladilar. Ayniqsa, yoshlarning  hayotida kitobning alohida oʻrni borligini, yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuygʻularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undashini alohida taʼkidladilar.

Shundan soʻng, 7-sinf oʻquvchilari beshta shart boʻyicha oʻzlarining kitobxonlik qobiliyatlarini amalda namoyon etdilar. Ularning bilimdonliklari tanlov ishtirokchilari va ustozlar tomonidan eʼtirof etildi.

Avvalo ishtirokchilar oʻzlarini tanishtirish shartini qoyilmaqom qilib uddalashdi. Oʻzi, oilasi, orzularini sheʼriy talqin etishib, barchaning olqishiga sazovor boʻldilar.

Tanlovning ikkinchi sharti “Maqollar matnini davom ettirish” deb nomlandi. Bunda ishtirokchilarning eslab qolish qobiliyati, xalq ogʻzaki ijodidan qanchalik xabardorligi, nutq madaniyati sinovdan oʻtkazildi.

Mumtoz va hozirgi zamon oʻzbek adabiyoti hamda chet el adabiyoti namoyandalarining asarlari yuzasidan boʻlgan savol-javoblar, oʻzlari oʻqigan asarlar boʻyicha sahna koʻrinishlarini namoyish etish, bahri-baytlar aytishish kabi shartlar yanada qiziqarli boʻldi.

Tanlovning har bir sharti boʻyicha ishtirokchilarning qobiliyatlari va mahoratlari tomoshabinlar tomonidan olqishlandi. Bu esa har bir yosh qalbda kitobxonlikka havas va ixlos uygʻotdi.

“Zukko kitobxon” tanlovining gʻoliblarini aniqlashda ularning har bir shart boʻyicha olgan ballaridan tashqari, mutolaa madaniyati va matnlarni ifodali oʻqish sanʼati, oʻzini tutishi, sahna madaniyatiga amal qilishlari va nutq madaniyatiga ham alohida eʼtibor berildi. Hakamlar hayʼatining xulosasiga koʻra, 7-“V” sinf oʻquvchilari tanlov gʻolibi boʻldilar.

“Zukko kitobxon” tanlovining faol ishtirokchilariga maktab maʼmuriyati tomonidan faxriy yorliqlar taqdim etildi.

R.YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026