Çoykölda çegara böyiça majlis
Çoyköl ovulida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni soğlomlaştiriş hamda çegara oldi hududida yaşaş tartib-qoidalarini aholiga tarğib qiliş maqsadida yiğiliş ötkazildi. 27-yanvar kuni bölib ötgan yiğilişda Davlat xavfsizlik xizmati tuman bölinmasi xodimlari, tuman hokimining çegara masalalari böyiça yordamçisi, tuman hokimligi jamoat va diniy taşkilotlar bilan aloqalar böyiça boş mutaxasissi, tuman Içki işlar bölimining terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş guruhi vakili hamda tuman boş imom-xatibi iştirok etdi. Yiğilişga ovul fuqarolar yiğini masʼul xodimlari, mahalla faollari, köçaboşçilari, yoşlar taklif qilindi.
Yiğilişni “Çoyköl” ovul fuqarolar yiğini raisi Yaxşimurod Ahmedov oçdi va olib bordi. U öz sözida sönggi yillarda Prezidentimiz tomonidan aholi farovonligini oşiriş böyiça ğamxörliklar kuçayayotgani, yoşlar taʼlim-tarbiyasiga jiddiy eʼtibor qaratiş bugungi kundagi dolzarb vazifaga aylanganini, buning zamirida Vatanimizning porloq kelajagini yaratişdek ezgu maqsad yotganini taʼkidladi. Şuningdek, yoşlar qalbida vatanparvarlik tuyğularini, milliy, maʼnaviy-madaniy qadriyatlarni mustahkamlaş, “Jaholatga qarşi – maʼrifat” ğoyasi asosida jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlaş, insonparvarlik, ezgulik va tinçlikni qadrlaş hamda diniy bağrikenglik va millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlaş asosiy vazifalardan biri ekanligi taʼkidlandi.
Tuman hokimining çegara masalalari böyiça yordamçisi Oybek Şomurodov sözga çiqib, şaxslarning çegara oldi zonasiga kirişi, undan çiqişi, ötişi, u yerda bölişi yaşaşi, agar qonun hujjatlarida boşqaça tartib belgilangan bölmasa, içki işlar organlarining ruxsatnomasi asosida amalga oşirilişi, çegara oldi mintaqasiga kiriş va undan çiqiş, ötiş, u yerda vaqtinça böliş, yaşaş, harakatlaniş çegara qöşinlarining ruxsatnomasi asosida amalga oşirilişi töğrisida batafsil tuşuntiriş berdi. Aholini “Özbekiston Respublikasining Davlat çegarasi töğrisida”gi Qonunda körsatilgan tartib-qoidalarga rioya etişga çaqirdi.
Şundan söng, tuman hokimligining jamoat va diniy taşkilotlar bilan aloqalar böyiça boş mutaxassisi Jahongir Yöldoşev sözga çiqib, bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz tomonidan yoşlar taʼlim-tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratilayotganligini aytib ötdi. Aholi, ayniqsa, yoşlarning mutaassib ğoyalarga beriliş holatlarining oldini oliş maqsadida yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli ötkazişlariga şaroit yaratiş, hududdagi madaniyat markazida tumanimizning iqtidorli sanʼatkorlari ijrosida turli tomoşalar taşkil etib boriş, ularni kitobxonlikka va sport bilan muntazam şuğullanişga jalb etiş lozimligi taʼkidladi.
Öquvçi-yoşlar va keng jamoatçilik örtasida ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan turli ğarazli yot ğoyalarga qarşi mafkuraviy immunitetni şakllantiriş, yoşlar qalbida vatanparvarlik tuyğularini kuçaytiriş, milliy, maʼnaviy-madaniy qadriyatlarni mustahkamlaş, “Jaholatga qarşi – maʼrifat” ğoyasi asosida jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlaşga barça birdek masʼul ekanligini alohida taʼkidlandi.
Yiğilişda tuman boş imom-xatibi Abdurahmon Matsapayev sözga çiqib, mutaassiblik, ekstremizm va terrorizmga qarşi maʼnaviy-tarğibot faoliyatini yanada kuçaytiriş, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda ijtimoiy-iqtisodiy hamda din sohasidagi olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkaziş kerakligini taʼkidladi. Şu qatorda sönggi yillarda mamlakatimizda diniy soha faoliyatini takomillaştiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar töğrisida ham töxtalib ötdi.
Çoyköl ovul fuqarolar yiğini profilaktika inspektori Ikrom Sultonov hududda jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini oliş borasidagi amalga oşirilayotgan işlar haqida batafsil maʼlumot berdi.
Yiğiliş davomida aholi tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi va muhokama etilgan masalalar böyiça tegişli qarorlar qabul qilindi
O.Rajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶