FAN OYLIGI TADBIRLARI OʻQITUVChILAR MEHNATI SAMARASINI NAMOYISh ETDI
Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻquv yili davomidagi har bir oy har xil fanlar oyligi deb belgilanib, shu munosabat bilan oʻqituvchi va oʻquvchilar hamkorligida turli tadbirlar tashkil etilmoqda. Fan oyliklari asosan oʻqituvchilarning ijodiy faolliklarini oshirish, isteʼdodli, ijodkor oʻqituvchilarni aniqlash, ularning tajribalarini oʻrganish, ommalashtirish, taʼlim sifatini oshirish va taʼlim jarayonida qoʻllanilayotgan uslublarni takomillashtirish maqsadida oʻtkazib kelinmoqda.
Dekabr oyi boshlangʻich taʼlim fanlari oyligi boʻlganligi munosabati bilan 26- sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi boshlangʻich sinflarida ham turli tadbirlar, ochiq darslar, muhim sanalarga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy kechalar tashkil etildi.
Maktabda 2 ta 1-sinflar mavjud. Avvalo boshlangʻich sinflar uslub birlashma yigʻilishi oʻtkazilib, oylik doirasida oʻqituvchilarga vazifalar taqsimlandi.
Shunga muvofiq boshlangʻich taʼlim fanlari oʻqituvchilari yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda, noanʼanaviy uslubda ochiq darslar oʻtishdi.
Ochiq darslarda maktab oʻqituvchilari va ota-onalar vakillari ham ishtirok etib, taʼlim jarayoni bilan tanishdilar.
Boshlangʻich sinflar oʻqituvchilari Azamat Shomurodov, Roza Gulmonova, Nasiba Shukurlayeva, Matluba Bekberganova, Nargiza Avazmuratova, Sanjar Xolimbetovlar hamkorlikda 8-dekabr – Konstitutsiyamiz qabul qilingan kunga bagʻishlab “Qomusimiz - baxtimiz” 10-dekabr Oʻzbekiston Respublikasi madhiyasi qabul qilingan kunga bagʻishlab “Madhiyamiz jarayongla, har on” deb nomlangan kechalar oʻtkazildi. Tadbir davomida oʻquvchilar Konstitutsiyamiz va madhiyamiz haqida sheʼrlar ijro etdi, maʼlumotlar aytib, bilimdonliklarini namoyish qildilar.
Fan oyligi doirasidagi doirasidagi tadbirlar 1-sinflar oʻquvchilarining ona tilimiz alifbosidagi harflarni oʻzlashtirib olganliklari munosabati bilan oʻtkazilgan “Bilimlar poydevorisan, Alifbe” deb nomlangan savodxonlik bayramiga ulanib ketdi. 2019-yilning 26-dekabrida boʻlib oʻtgan ushbu tadbirda 1-sinflar oʻquvchilari harflar timsolida sahnaga chiqib, ularga taʼrif berib, sheʼrlar aytdilar. Ona tilimizdagi harflarni yozish, oʻqishni oʻrgatgani uchun alifbe kitobiga, birinchi ustozlariga samimiy minnatdorchiligini bildirdilar, kelgusida oʻqish, ona tili va boshqada fanlarni yaxshi oʻzlashtirishga harakat qilishlarini izhor etdilar.
Har qanday kasb egasi ham ilk bilim olishni alifbedan boshlaydi. Buyuk olimlarga ham ilm choʻqqilari sari intilishida boshlangʻich taʼlim fanlari ilk zinapoya vazifasini oʻtagan. Oʻz-oʻzidan koʻrinib turibdiki, boshlangʻich taʼlim fanlarini oʻqitishning oʻziga xos masʼuliyati yuqori.
Fan oyligi doirasida oʻtkazilgan tadbirlardagi oʻquvchilarning faolligi, tortinmay oʻz bilimlarini namoyish eta olishlari, hozirjavobliklari mazkur maktab boshlangʻich taʼlim fanlari oʻqituvchilari bu borada oʻz vazifalarini yaxshi uddalay olayotganliklarini koʻrsatdi.
O.Rajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶