16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 13:30
Fan va taʼlim 👁 503

FAN OYLIGI OʻQUVChILARNI KOʻPROQ OʻQIB-OʻRGANIShGA UNDADI

FAN OYLIGI OʻQUVChILARNI KOʻPROQ OʻQIB-OʻRGANIShGA UNDADI

Tarixni chuqur oʻrganish – oʻzlikni anglash sari yoʻl ochadi. Shu maʼnoda olib qaraydigan boʻlsak, mamlakatimizdagi umumiy oʻrta taʼlim  maktablarida har yili yanvar – tarix, davlat va huquq asoslari fan oyligi sifatida belgilanishida ham ulkan maqsadlar mujassam. Yaʼni, yosh avlodning yurt ozodligi, oila obodligi, turmush farovonligi, tinch va erkin yashash uchun barcha shart-sharoitlar, imkoniyatlar mavjudligini anglashlariga, oʻz Vatanining munosib farzandi boʻlish tuygʻularini shakllantirish, atrofdagi voqea-hodisalarga loqayd boʻlmasdan hushyor boʻlish, mustaqillik oʻz-oʻzidan qoʻlga kiritilmaganini, balki ota-bobolarimizning  mislsiz fidoyiliklari mahsuli ekanligini tushunib yetishlarini taʼminlash mazkur oylikni oʻtkazishdan koʻzlanayotgan maqsad hisoblanadi.

Ushbu muhim va oʻziga xos masʼuliyatli oylik tumanimizdagi 75-sonli umumiy  oʻrta taʼlim maktabida ham namunali oʻtkazilmoqda. Mazkur maktabda 275 nafar oʻquvchilarga 41 nafar oʻqituvchilar taʼlim-tarbiya berib kelishmoqda. Ularning 2 nafari tarix, davlat va huquq asoslari fani oʻqituvchilaridir.
Muassasada 16 ta fan toʻgaraklari, beshta muhim tashabbus boʻyicha 8 ta fan toʻgaraklari, 6 ta sport toʻgaraklari faoliyat olib bormoqda.
Maktabda yanvar oyi fan oyligini ham oʻquvchilar, oʻqituvchilar ulkan qiziqish va tashabbuskorlik bilan oʻtkazmoqdalar.

Rejaga muvofiq oylik tadbirlari maktabda “Mening mahallam” mavzusida insholar tanlovi oʻtkazishdan boshlandi. Shuningdek, har bir sinfda ochiq darslar oʻtkazilib, unda ishtirok etgan maktab maʼmuriyati, oʻqituvchilar jamoasi vakillari va ota-onalar, hudud nuroniylari fan oʻqituvchilarining darsni qiziqarli tarzda tashkil eta olishlari, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalana olishlariga xolisona baho berdilar.

Shu yil 27-yanvar kuni maktabda tarix fani oʻqituvchisi Sohiba Durdiyeva rahbarligida tashkil etilgan “Tugʻilgan makonim – oltin beshigim”, deb nomlangan fan oyligining yakuniy tadbiri ham oʻquvchilarning tasavvurlarini, bilimlarini yanada boyitdi. Unda yuqori sinflar oʻquvchilari maktab joylashgan Uyshin mahallasi, Qipchoq ovuli, Chilpiq yodgorligi toʻgʻrisida qiziqarli maʼlumotlar beruvchi maʼruzalar qildilar.

Darhaqiqat, mustaqillik yillari xalqimiz hayotida yangi sahifa ochib, Vatanimizning qadim tarixiga, xalqimizning  boy maʼnaviy, madaniy merosiga boʻlgan munosabat oʻzgardi. Bu ona tilimiz, dinimiz, azaliy qadriyatlar, urf-odat va anʼanalarimizning hayotimizdagi oʻrni va nufuzi qayta  tiklanganida ham yaqqol namoyon boʻldi. Dunyo tamadduniga ulkan hissa qoʻshgan alloma bobolarimizning xotirasi eʼzozlanib, ularning  boy maʼnaviy merosi chuqur oʻrganilayotganligi, xotirasiga hurmat-ehtirom koʻrsatilayotganligi ham mustaqillik sharofatidandir. Bu oʻquvchilar tomonidan taqdim etilgan maʼruzalarda ham oʻz aksini topdi.
Tadbir soʻngida maktab badiiy havaskorlari ijrosida kontsert dasturi namoyish etildi.

Fan oyligi oʻqituvchilarni ham, oʻquvchilarni ham darsdan tashqari oʻqib-oʻrganishga jalb qilgani, hudud tarixiga oid koʻpgina maʼlumotlar toʻplanishiga xizmat qilgani bilan ahamiyatli boʻldi.

O.Rajabova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026