Fizik olimlar 76-sonli maktabda oʻqituvchi va oʻquvchilar bilan uchrashuv oʻtkazishdi
Butun mamlakatimizda muhtaram Prezidentimizning yoshlar bilan boʻlgan uchrashuvida belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan “Yangi Oʻzbekistonni yoshlar bilan birga quramiz!” shiori ostida mutasaddi rahbarlarning yoshlar bilan uchrashuvlari boʻlib oʻtmoqda.
Shu maqsadda tashrif buyurgan ishchi guruhning uchrashuvlarida bilimga chanqoq yoshlar tomonidan bildirilgan takliflarga koʻra bir guruh professor-olimlar, akademiklar tumanimizdagi taʼlim muassasalarida mahorat darslari hamda oʻquvchi-yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazishdi. Shunday uchrashuvlardan biri tumanimizdagi Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 76-sonli maktabda ham tashkil qilindi.
Uchrashuvga OʻzMU qoshidagi Nanotexnalogiyalarni rivojlantirish markazi direktori, akademik Komil Muqimov, shu markaz katta ilmiy xodimi Mustafo Boʻronov, NDPI fizika oʻqitish metodikasi kafedrasi dotsenti Moyadin Jalilov hamda Fizika-matematika fakulteti yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan muovini Xolmurod Yesemurodovlar tashrif buyurishdi. Unda tumandagi maktablarda aniq fanlardan taʼlim berib kelayotgan oʻqituvchilar hamda fanga qiziquvchi oʻquvchilar ishtirok etdilar.
Uchrashuvda mehmonlar dastlab oʻzlari faoliyat olib borayotgan soha, amalga oshirilayotgan islohotlar, qoʻlga kiritilayotgan yutuqlar xususida soʻzlab berishdi.
Darhaqiqat, hayotimizga dadil kirib kelayotgan nanotexnologiya tushunchasi jamiyatimiz taraqqiyotini yanada jadallashtirish, turmushimiz farovonligini oshirish, hayotimizda oʻz yechimini kutayotgan yekologik, ijtimoiy va boshqa muammolarni bartaraf yetishda muhim ahamiyat kasb yetmoqda. Chunki ilm-fanning bunday kashfiyotlari noyob xususiyatlarga ega yangi metamateriallar va yekstremal sharoitlarga chidamli nanomateriallar olish va ularni tatbiq yetishga xizmat qiladi. Shu bois, jahonda nanotexnologik tadqiqotlar koʻlamini kengaytirish va bu boradagi innovatsion texnologiyalardan tobora keng foydalanishga eʼtibor kuchayib bormoqda. Masalan, kompyuter texnologiyalari sohasida olib borilayotgan izlanishlar natijasida kvant informatikasi fani yuzaga keldi. Ushbu soha nano oʻlchamli protsessorlarga yega boʻlgan kvant kompyuterlarini yaratish va ular uchun dasturlar ishlab chiqishni oʻz ichiga oladi.
Bahs-munozaraga boy boʻlgan va ochiq muloqot tarzida oʻtgan uchrashuv ilm-fanga qiziquvchan oʻquvchilar, fizika fani oʻqituvchilarining bergan savollari bilan yanada jonlandi. Ayniqsa, oʻz kasbiga mehri baland, fanni yanada chuqurroq oʻrganishga astoydil intilayotgan fizika fani oʻqituvchilardan Vahobjon Davletov, Azizbek Jumanov, Poʻlat Abdurahmonovlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, koʻplab maʼlumotlarga ega boʻldilar. Ilm-fan fidoyilari, olimlar ham berilgan savollarga hayotiy misollar bilan javob berdilar.
Mehmonlar maktab kutubxonasiga turli mavzulardagi kitoblar sovgʻa qildilar.Uchrashuv oʻqituvchi va oʻquvchilarda katta taassurot qoldirdi.
Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶