MAKTABDA “KEKSALAR MAʼRIFATI” MAVZUSIDA OChIQ DARS SOATI OʻTKAZILDI
Mahallalarda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish va samaradorligini oshirish boʻyicha davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorlikda olib borayotgan ishlari muhokamasiga bagʻishlab 2019-yilning 4-dekabrida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida bu boradagi ishlar tanqidiy koʻrib chiqildi. Kelgusida davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan mahallalarda, oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yaxshilash, yoshlar oʻrtasida milliy qadriyatlarimizga asoslangan tarbiya muhitini shakllantirish, ayniqsa, “ommaviy madaniyat”ning salbiy taʼsiridan yoshlarni asrashga eʼtiborni kuchaytirish juda muhim ekanligi taʼkidlandi.
Buningdek hollarga barham berish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika Kengashining qoʻshma qaroriga muvofiq, mamlakatimizning umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Keksalar maʼrifati” mavzusida davra suhbatlari oʻtkazish tizimli yoʻlga qoʻyilmoqda. Kasbiy va hayotiy tajribasi yuqori, obroʻli, ijtimoiy faol boʻlgan nuroniylarning yoshlar bilan suhbat-soatlari ularni Vatanga muhabbat, ezgulik va sadoqat ruhida tarbiyalash, kasbga qiziqtirish, kiyinish madaniyati va odobini keng targʻib qilishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Shu yil 22-yanvar kuni Toshyop ovulida joylashgan 76-sonli maktabda oʻtkazilgan “Keksalar maʼrifati” ochiq dars soatida taʼlim faxriysi Karimboy Rajabov, soliq inspektsiyasi sobiq xodimi, pensioner Qurbonboy Otajonovlar ishtirok etdilar. Tadbirni Toshyop mahalla fuqarolar yigʻini oqsoqoli Gulshod Sobirova ochdi va olib bordi. Unda oʻquvchilardan tashqari maktab rahbariyati va oʻqituvchilar jamoasi vakillari ham ishtirok etdilar.
Dars soatida asosan 9-11-sinflar oʻquvchilari ishtirok etdilar va “Vatan himoyachisi boʻlish - eng sharafli kasb” mavzusida nuroniylarning suhbatlarini tingladilar.
Albatta, “Keksalar maʼrifati” deya nomlanuvchi suhbat tarzidagi ochiq dars, mavzu yuzasidan nuroniylarning suhbatlari, bu borada kim qanday fikrda ekanligini aniqlash maqsadida oʻrtaga tashlangan savollar oʻquvchilarni qiziqtirib qoʻydi. Va javoblar ham tayyor edi.
Shunisi eʼtiborliki, bugungi kun oʻquvchilari jamiyatimizning butun hayotidagi oʻzgarishlar, yangilanishlar haqida, xususan, milliy armiyamizning tobora takomillashib, qudrati oshib, jangovar qobiliyati yuksalib borayotgani va harbiy xizmat har bir yigitning sharafli burchi ekanligi haqida oʻz xulosalari bor. Buni ular dadil ifodalab berishdi.
Maktabda oʻtkazilgan “Keksalar maʼrifati” ochiq dars soati oʻquvchilarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.
O.Rajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶