ÖQUVÇI IMLODA XATO QILMASIN, DESANGIZ....
Bugungi kunda ona tili va adabiyot fani öqituvçilari oldida turgan eng katta muammolardan biri öquvçilarning savodxonligi masalasidir. Albatta, keyingi davrlarda kompyuterda terilgan yozuvlarga talab yuqori, qöl yozmalarga ehtiyoj kam. Lekin savodxon insongina kompyuterda ham imlo xatosiz yoza oladi. Taassufki, baʼzan kitoblar, internet sahifalaridagi imlo xatolarini körib, taʼbimiz buziladi. Şuning uçun ham maktablarda savodxonlikka talabni kuçaytirişimiz kerak. Qolaversa, yozuvni qunt bilan, çiroyli va xatosiz yoza oladigan öquvçi hayotda ham har bir narsaga masʼuliyat va hafsala bilan qaraydi, deb öylayman. Öz tilini mukammal bilgan öquvçi boşqa fanlardan ham yaxşi özlaştiradi. Mantiqiy fikrlaş orqali istalgan savolga javob topa oladi. Öquvçilarimga doim şuni taʼkidlaymanki, agar sözlarning luğaviy maʼnosiga eʼtibor berib, mantiqiy fikrlasangiz, özbek tilida har bir savolning içida javob borligini topa olasiz. Masalan, “Sudralib yuruvçilar sinfiga kiruvçi hayvonlarni toping?” – deyilsa, darhol xayolimizga ilon, kaltakesak kabi sudraluvçi hayvonlar kiradi. Yoxud “Egalik qöşimçalari deb nimaga aytiladi?” – deb söralsa, özimiz taʼrifni keltirib çiqaramiz: uçala şaxsdan biriga egalik, qaraşlilik, tegişlilik maʼnolarini bildirgan qöşimçalarga egalik qöşimçalari deyiladi...
Baʼzi öquvçilarning oğzaki nutqi, baʼzilarning yozma nutqi yaxşi rivojlangan böladi. Bu asosan, öquvçilarning feʼl-atvoriga boğliq deb öylayman. Tortinçoq, jurʼatsiz öquvçilar bilganini ham aytişga uyalişadi yoki xato aytib qöysam, deb çöçişadi. Faylasuflarimizdan biri “eng katta xato – bu tajribadan voz keçişdir”, – degan edi. Öquvçilarga ham şuni qayta-qayta uqtiriş kerakki, qanday bölmasin öylagan fikringizni aytişdan, niyat qilgan işingizni boşlaşdan çöçimang, balki hammasi töğridir. Agar xato bölsa ham hafsalangiz pir bölmasin, doimo özingizga işonç bilan öqing, örganing va oldinga intiling. Dono xalqimizning “intilganga tole yor” maqoli hayotiy şiorlaringizdan biri bölsin! – deyişdan çarçamaslik kerak.
Öquvçilarning oğzaki nutqida eng köp uçraydigan xatolarni şartli ravişda quyidagi turga ajratiş mumkin: dialektal, orfoepik, vulgar, fonetik, affiksal, mexanik, tiniş belgilaridagi uslubiy xatolardir.
Uyali telefon va kompyuter hayotimizni egallab olgan tezkor zamonamizda badiiy asarlar va matbuot sahifalarini varaqlaydigan öquvçilar juda kam. Şu sababli baʼzi tuşunçalarning mohiyatini anglamasdan tuzilgan jumlalar, saviyasi past yoki umuman xato fikrlar ham uçrab turadi. Bu kabi uslubiy xatolarning oldini oliş uçun men öz darslarimda har bir diktant yoki bayon matnini, inşo mavzularini qiziqarli, muammoli, falsafiy matnlar böyiça tanlaşga harakat qilaman.
Öquvçining savodxonligiga erişiş ança uzoq vaqtni, öquvçidan ham, öqituvçidan ham katta mehnat va sabr-toqatni talab qiluvçi jarayon. Buning ustiga dono xalqimiz “tugmadek aqli bölmasa, turtma aqldan ne foyda “, - deb bejiz aytmagan. Asli öquvçining özi ham intilmasa, harakat qilmasa, öqituvçining barça mehnatlari besamar ketadi. Yaxşiyamki, bundaylar guruç içidagi kurmakdek kam. Aytiş joizki, oila va maktab hamkorligi köngildagidek bölsagina biz közlagan maqsadimizga erişa olamiz.
Özbek tili va adabiyot fani öqituvçilarini, köpinça, “maktab közgusi” deb taʼriflaşadi. Men esa unga qöşimça qilib: “öquvçilar savodxonligining asosçisi” degan bölardim. Çunki ona tili va adabiyot fani öqituvçisining asosiy vazifasi öquvçini xatosiz va çiroyli yozişga, tilni har tomonlama çuqur egallaşga hamda gözal xulqqa örgatişdan iborat. Mana şunday masʼuliyatli va maşaqqatli kasb egalari bölmiş ona tili va adabiyot fani öqituvçilariga savodxonlik uçun kuraşni susaytirmasdan, ona tili darsida har bir öquvçidan “husnixat” daftari tutişni talab qilişi, maşq daftarlarini kuzatib, imlosi özgarayotgan öquvçilarni maqtaşni, boşqalarga örnak qilişni unutmasligini maslahat berardim.
Uqituvçilarimiz öquvçilarining imlo savodxonligini oşirişfni istar ekan, umrboqiy haqiqat – ularni badiiy kitob öqişga undaşdan çarçamasligi kerak. Şundagina öqituvçilarimiz buning samarasini öquvçilarining ravon nutqi va xatosiz yozuvlarida köriş baxtiga erişişadi.
Inobat RAJABOVA, 17-sonli maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶