25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 22:23
Jamiyat 👁 547

Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasi tomonidan 134 nafar tadbirkorning murojaatlari oʻrganildi

Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasi tomonidan 134 nafar tadbirkorning murojaatlari oʻrganildi

Mamlakatimizda soʻnggi yillarda tadbirkorlikni rivojlantirish, biznes yuritish uchun qulay sharoit yaratish va aholini tadbirkorlikka keng jalb etish boʻyicha koʻplab farmon va qarorlar qabul qilindi. Turli dasturlar doirasida tadbirkorlik istagidagi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash uchun kreditlar ajratildi. Natijada yurtimizda yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik subʼektlari soni oʻsdi.

Undan tashqari, Prezidentimizning oʻtgan yilgi “Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni asosida joylarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari tashkil etildi. Qabulxonalarga asosiy vazifa sifatida tadbirkorlik faoliyatini tobora kengaytirish, ulardagi muammolar yechimi bilan tizimli ishlarni tashkil etish, eng asosiysi ularni doimiy qabul qilgan holda murojaatlarni koʻrib chiqish tizimi belgilab berildi.

Oʻtgan qisqa davr mobaynida Bosh vazirning tumanimizda tashkil qilingan Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasida ham tadbirkorlar qabul qilinib, duch kelayotgan muammolarni hal etishda bir qancha ishlar amalga oshirildi. Bugungi kungacha qabulxonaga 134 nafar tadbirkorlar tomonidan 144 ta masala boʻyicha murojaatlar kelib tushdi.  Murojaatlarning barchasi oʻrganilib, 87 tasi ijobiy hal etildi. Shundan 57 ta murojaat yuzasidan esa huquqiy tushuntirishlar berildi. Qabulxona masʼullari murojaatlar yuzasidan ijro jarayonlarida ham bevosita ishtirok etib, ularning qisqa muddatlarda hal qilinishini taʼminladi.

 “SARDOR BEGJON” oilaviy korxonasi rahbari Sarvar Bekchanov 2019-yilda oʻzi yashaydigan Qilichboy ovulida tadbirkorligini kengaytirish maqsadida “Obod qishloq” dasturi doirasida aholiga maishiy xizmat koʻrsatish binosini qurish uchun yer maydoni olgan edi. Ushbu bino qurib bitkazilganidan soʻng, tadbirkor elektr taʼminotiga ulanishda muammoga duch keldi. Bu muammoni hal qilishda koʻmak soʻrab, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tumandagi Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasiga murojaat qildi. Qabulxona tomonidan elektr tarmoqlari korxonasi bilan tizimli ishlar tashkil etilishi natijasida murojaat qisqa muddatda ijobiy hal etib berildi.

Toʻlqin ovulida yashovchi “AMU-ANORLARI” maʼsuliyati cheklangan jamiyati rahbari Poʻlat Abdurahmonov ham “Mikrokreditbank” tuman filialidan “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida anor koʻchatlarini olish uchun imtiyozli kredit olishda amaliy yordam soʻrab murojaat qildi. Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasida ushbu murojaat koʻrib chiqildi va “Mikrokreditbank” tuman filiali tomonidan 30 mln. soʻm miqdorida kredit ajratilib berilishida amaliy yordam koʻrsatildi.

 “AMU SHAXJAXON” maʼsuliyati cheklangan jamiyati rahbari Jahongir Rajapov Besh tom mahallasi hududida chinni mahsulotlarini ishlab chiqarish tsexini tashkil qildi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni mahalliy bozorga va eksportga chiqarishni moʻljallayotgan tadbirkor tsexni gaz tarmogʻiga ulashda muammolarga duch keldi. Shu sababli u tumandagi Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasidan ushbu muammoni hal qilishda yordam soʻradi. Qabulxonada murojaat koʻrib chiqilib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi «Hududgaz Qoraqalpogʻiston» masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan qisqa muddat ichida gaz tarmogʻiga ulab berildi.

Qabulxona xodimlari tomonidan murojaatchilarga amaldagi qonunchilik asosida yoʻl-yoʻriq va tushunchalar  berilib borilmoqda. Ayni paytda qabulxona qoshida “business.gov.uz” yagona interaktiv portali faoliyat koʻrsatmoqda. Portalda murojaatlar va ularning hal etilish sanalari hamda holati aks ettirib borilmoqda. Amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar tuman aholisi va tadbirkorlari faoliyatida oʻzining ijobiy samarasini berib kelmoqda. Bu esa oʻz navbatida tadbirkorlar safi kengayishiga xizmat qilmoqda.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026