17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 18:11
Jamiyat 👁 581

ChILPIQ YoDGORLIGI HAQIDA BIZGA NIMALAR MAʼLUM?

ChILPIQ YoDGORLIGI  HAQIDA BIZGA NIMALAR MAʼLUM?

Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududidagi Ustyurt pasttekisligidan to Sulton Uvays togʻlarigacha boʻlgan joylarda oʻtmish tarix izlarini koʻrish mumkin.  Sir-sinoatlarga toʻla mahobatli qalʼalar qoldiqlaridan bu yerlarda bir paytlar hayot qaynaganini, madaniyat gurkirab yashnaganini, taraqqiyot rivojlanganini, bu yerlarda yashab oʻtgan ajdodlarimizning ham maʼnaviyatli va zukko insonlar boʻlganligini anglash qiyin emas. Oʻtmish yodgorligi boʻlgan ana shu qalʼalarning 14 tasi Amudaryo tumani hududiga toʻgʻri keladi.

Shulardan biri boʻlgan Chilpiq qalʼasining  yoshi ikki ming yildan ortiq. Chilpiq tarhi xalqa shaklida boʻlib, Nukus shahridan 43 km. janubda joylashgan. Chilpiq – bu daryo sathidan 35-40 metr balandikdagi 65 metr diametrga ega tomsiz dumaloq minora boʻlib, tabiiy yassi tepalikning choʻqqisida joylashgan. Chilpiq aylana shaklda boʻlib, atrofi qalin paxsa devor bilan oʻralgan, bir tomoni kirish yoʻli sifatida ochiq qoldirilgan. Chilpiqning 6-8 metrlik devori saqlangan, ichki radiusi 12 metr. Qadimgi devorlarning bizgacha nuramasdan kelishining siri, yomgʻirdan saqlovchi suvoqlarning oʻrnatilishida. Suvoqlar daryo ultonidagi soz loydan olingan va har qanday zax, zilzilalarga qarshi turishi uchun poydevor tagiga qum toʻshalgan. Mahalliy aholi Chilpiqning barpo etilishini afsonaviy devlar bilan bogʻlaydi. Chilpiq hududidan islomgacha boʻlgan qadimgi dafn marosimlariga xos yodgorliklar topilgan. Olimlar fikriga koʻra, Chilpiq otashparastlar jasadlarini keltirib qoʻyadigan maxsus dahma vazifasini bajargan. IX-X asrlarda, Qadimgi Xorazmning gullagan vaqtlarida qayta taʼmirlangan. Xorazmliklar Chilpiqdan Xorazmshohlar davlatining boshqa qalʼalari bilan bir qatorda xabar yetkazish va mudofaa inshooti sifatida foydalanishgan. Chilpiq oʻz vaqtida  fasllar almashinuvi, Amudaryo suvi toshishi va qaytishi kabi dehqonchilik uchun juda muhim oʻzgarishlarni oldindan astronomik kuzatish va kalendar xizmati yuritish joyi boʻlgan degan fikrlar ham mavjud. 

Chilpiq – Amudaryo sohili va tumanimiz hududida joylashganligi sababli tumanimiz timsoliga  aylangan. Bundan tashqari, oʻzining tarixiy ahamiyatga ega ekanligi va noodatiy shakli tufayli Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat gerbida ham tasvirlangan.

Inʼomjon TURSUNBOYeV, 41-maktabning tarix fani oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019