VATAN HIMOYaSI – MUQADDAS BURCh
Vatan – bu kindik qonimiz toʻkilgan, tugʻilib oʻsgan joyimiz. Ota-bobolarimiz bevatan odam iymonsiz odam, oʻzga yurtning bogʻ-u bogʻchasi oʻz yurtingning yantogʻicha boʻlolmas, deb bejiz aytishmagan.
1993-yilning 29-dekabrida ilk bor 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni, deb eʼlon qilindi. Mana 27-yildan buyon Milliy armiyamiz bizning mustaqilligimizni asrab, tinchligimizni taʼminlab kelmoqda. Hayotini Vatan himoyasiga baxshida etgan yurtdoshlarimiz oʻz oilasidan yiroqda, davlatimizning chegara hududlarida burchiga sodiq boʻlib, tinch-osoyishtaligimizni sergaklik bilan qoʻriqlashmoqda.
Zero, bu boradagi huquq va majburiyatlar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi “Fuqarolarning burchlari” deb nomlangan XI bobda keltirib oʻtilgan. Jumladan, ushbu bobning 52-moddasida “Oʻzbekiston Respublikasini himoya qilish - Oʻzbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni oʻtashga majburdirlar” deb koʻrsatilgan. Shuningdek, 47-moddasida esa “Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qoʻyilgan burchlarni bajaradilar” deyilgan. Shunday ekan, mamlakatimizning har bir fuqarosi tinchlikni taʼminlashga, mustaqilligimizni asrab-avaylashga, maʼnaviy va moddiy boyliklarni keyingi avlodlarga yetkazib berishga masʼul hisoblanadi.
Biz har birimiz Oʻzbekistonday obod yurtda yashayotganimizdan faxrlansak arziydi. Shu bilan birga har birimiz Oʻzbekiston taraqqiyoti uchun sidqidildan xizmat qilishimiz kerak. Bu har birimizning Vatan oldidagi muqaddas burchimizdir.
Haytboy QUTLIMURODOV, 12-sonli maktabning milliy istiqlol gʻoyasi, huquq va maʼnaviyat asoslari fani oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶