14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 19:15
Fan va taʼlim 👁 498

"KAMALAK"DA YaNGI YIL SARGUZAShTLARI

"KAMALAK"DA YaNGI YIL SARGUZAShTLARI

Xalqimiz bolajon, borini bolamga deb yashaydi. Bu azaliy qadriyatlarimiz davlatimiz siyosatida ham oʻz aksini topayapti. Yosh avlodning komil insonlar boʻlib voyaga yetishiga barcha sharoitlar muhayyo etilayotgan yurtimizda bayramlar, qutlugʻ kunlar tantanalarini ham bolalarga atalgan tadbirlar boshlab beradi. Yangi yil bayrami arafasida ham mamlakatimizdagi barcha umumiy oʻrta taʼlim, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida Qorbobo va Qorqiz ishtirokidagi yangi yil bayramiga bagʻishlangan tadbirlar boʻlib oʻtdi.

 26-dekabr kuni Mangʻit shahridagi 31-maktabning 3-“A” sinf oʻquvchilari ishtirokida oʻtkazilgan “Yangi yil sarguzashtlari” tomoshasi ham bolajonlarga haqiqiy yangi yil shodligini hadya etdi.

Kamalakrang chiroqlar, anvoyi oʻyinchoqlar, qor parchalari bilan bezatilgan mahobatli archa atrofida bolajonlarning yangi yilga bagʻishlangan sheʼrlarni, qoʻshiqlarni mahorat bilan ijro etishi, ertaklar qahramonlari bilan goh hazil-mutoyibali, goh tortishuvli sarguzashtlari tomoshabinlarga xushnudlik bagʻishladi.

Sahnada oʻrmon oralab doʻstlarini yangi yil sovgʻasi bilan qutlagani ketayotgan Oppogʻoyni Yalmogʻiz kampir gapga tutadi. Shunda uning hamkori Qaroqchi sovgʻalarni olib qochadi. Bundan xabar topgan Mittivoy doʻstlari Qizil qalpoqcha va Polvonni yordamga chorlaydi. Shu tariqa doʻstlar bayram shodligiga rahna solishga uringanlarni yengib,  quvnoq va shodiyona  tarzda ayyomni nishonlashni boshlaydilar.  Tomoshabinlar yaxshilikning, ezgulikning yovuzlik ustidan gʻalaba qozonishini quvnoq qiyqiriqlar bilan olqishladilar. Sarguzashtlar davomida qahramonlarning raqslar, qoʻshiqlarni mahorat bilan ijro etganlaridan bolajonlar ushbu tomoshaga juda puxta va qunt bilan tayyorgarlik koʻrishganini anglash mumkin.

Bu stsenariyni sinf rahbari Omonjon Saʼdullayeva va yoshlar ittifoqi yetakchisi Shahnoza Xoʻjamurodovalar tanlashdi. Tomoshani bayram tadbirida sahnaga olib chiqish uchun sinfdagi barcha oʻquvchilar bir oy davomida astoydil tayyorgarlik koʻrishdi. Sahna bezaklari, kiyimlar masalasida ota-onalar ham qoʻllab-quvvatlashdi. Sinf rahbari uchun eng quvonchlisi, ayniqsa, tayyorgarlik jarayonida oʻquvchilarning bir-birlari bilan yana ham inoqlashib, hamjihatlikda ijodiy ishlashgani boʻldi.

Tomoshada sinfdagi 26 nafar oʻquvchining hammasi qatnashdi. Ayniqsa, Charos Jumaniyozova, Dilnura Ulugʻbekova, Lobar Oʻrinboyeva, Nodirbek Jumaboyevlarning ijrosi juda tahsinga sazovor boʻldi.

Tomosha soʻngida sahnaga Qorbobo va Qorqiz chiqib kelib, bolajonlarni, tomoshaga tashrif buyurgan ota-onalarni Yangi yil bayrami bilan qutladi, sovgʻalar ulashdi.

Aslida qobiliyatsiz bolaning oʻzi boʻlmaydi, deyishadi ruhshunoslar. Eng muhimi, murgʻak bolajonlar koʻnglidagi qobiliyatni anglab, rivojlantirishga harakat qilishda, ularni yaxshiliklar sari yetaklashda. Buni “Kamalakda yangi yil sarguzashtlari” tomoshasi orqali ham koʻrish mumkin.

Tomosha barchaga manzur boʻldi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019